Mirzaeva Nodira Abduxamidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda steam ta’limni pedagogik ta’lim klasteri asosida o‘qitish metodikasi (“eshitdim-ko‘rdim-bajardim” ta’moyili misolida)”. 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped.382
Ilmiy maslahatchi: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.06.2020.K/B.91.03 raqamli ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Ekologiya va huquq fakulteti “O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi” dosenti, pedagogika fanlari doktori, Sabirova Gulnoza Sadikovna; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor Rahmanov Azizxon Bositxonovich; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti “Zoologiya va anatomiya” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Dadaev Saidjon.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda STEAM ta’limini “Eshitdim-ko‘rdim- bajardim” tamoyiliga binoan modellashtirish hamda innovatsion ta’lim klasteri asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining ilmiy metodik tayyorlash bo‘yicha pedagogik ta’lim innovatsion klasterining “Eshitdim-ko‘rdim-bajardim” tamoyili va benchmarking stategiyasiga binoan STEAM dasturini mahalliylashtirish, tabiiy ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning smart echimi ishlab chiqilgan;
Steam sohasi bo‘lajak mutaxassislarining kognitiv faoliyati “Eshitdim-ko‘rdim- bajardim” tamoyili E.Deyl piramidasi asosida takomillashtirilgan hamda D.Kolb taksonomiyasiga binoan talabalar STEAM tafakkuri rivojlantirilgan.
Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining Steam (tanqidiy tafakkur, muammolarning yaxlit echimi, ijodkorlik, muloqotchanlik, hamkorlikda ishlash, ma’lumotlardan foydalanish savodxonligi) kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotchilik va ijodkorlik ko‘nikmalarini o‘zaro parallel integratsiyalash dasturi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda STEAM ta’limini Kembridj dasturi va klasterli yondashuv asosida rivojlantirilgan va fanlararo integratsiyasini ta’minlovchi transformatsion o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan;
Pedagogik ta’lim klasteri tamoyili bo‘yicha bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy STEAM kompetentligi (integrator, kreator va STEAM lider ko‘rinishida) rivojlantirilgan va kognitiv, integrativ, kreativ mezon va steam tafakkur (tanqidiy tafakkur, muammolarning yaxlit echimi, ijodkorlik, muloqotchanlik, hamkorlikda ishlash, ma’lumotlardan foydalanish savodxonligi) asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekistonda STEAM ta’limini pedagogik ta’lim klasteri asosida o‘qitish (Eshitdim-ko‘rdim-bajardim tamoyili) yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: Bakalavriat ta’lim bosqichi uchun «Kognitiv biologiya» nomli darslik hamda «Innovatsionnie texnologii v prepodavanii biologii» o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (A- 1-074 - "Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida tarbiya jarayonini loyihalash orqali yosh avlodni milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash" mavzusidagi amaliy loyiha rahbarining ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak biolog-pedagoglarning ilmiy metodik taergarligi pedagogik ta’lim innovatsion klasterining “Eshitdim-ko‘rdim-bajardim” tamoyili va benchmarking stategiyasiga binoan rivojlantirilgan, hamda STEAM dasturini mahalliylashtirish asosida tabiiy ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning smart echimi ishlab chiqilgan;
60110100 – Pedagogika va psixologiya, 60110900 – biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun «Kognitiv biologiya» nomli darslik yaratilib, STEAM ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’limi vazirligining 24-aprel 2024-yil sanasidagi, 11-05-1820/04 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada steam soxasi bo‘lajak mutaxassislarining kognitiv faoliyati “Eshitdim-ko‘rdim-bajardim” tamoyili va E.Deyl piramidasi asosida takomillashtirilgan hamda D.Kolb taksonomiyasi asosini talabalarning STEAM tafakkuri rivojlantirilgan.
Steam sohasi bo‘lajak mutaxassislarining kognitiv faoliyati “Eshitdim-ko‘rdim- bajardim” tamoyili va E.Deyl piramidasi asosida takomillashtirilgan hamda D.Kolb taksonomiyasiga binoan talabalarning STEAM tafakkuri rivojlantirishga doir xulosalar amaliyotga joriy etilgan (ChDPU o‘quv-uslubiy kengashi 2023-yil 5-sonli majlis bayonnomasi). Natijada “Tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik ta’lim innovatsion klasterining nazariyasi va amaliyoti” nomli monografiya tayyorlangan bo‘lib, D.Kolb taksonomiyasiga binoan o‘qitish uslubiyoti STEAM fanlari tarkibiga kiruvchi tabiiy fanlarni keng yoritib berilgan;
Prezident ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va Kembridj tabiiy fanlarni o‘qitish dasturi metodikasi negizida O‘zbekistonda STEAM ta’limini o‘qitishni adaptivlashtirish va va fanlararo integratsiyasini ta’minlovchi transformatsion o‘quv dasturlari ishlab chiqishga oid konsepsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-son 2019 yil 29 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorining 2-bob v) band 3-bob 7-8 bandlarining i) va m) qismini, 4-bob 9-bandini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-son 2022 yil 11 may sanasida qabul qilingan “2022-2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” farmonining 7 bob b) bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi 37- sonli dalolatnomasi). Natijada, STEAM ta’limini o‘qitishni adaptivlashtirish va va fanlararo integratsiyasini ta’minlovchi transformatsion o‘quv dastur ishlab chiqilgan.
STEAM ta’lim mashg‘ulotlarda individual va transformatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etishga oid nazariy va amaliy metodik ishlanmalaridan “AIF l/4-“Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’limi vazirligining 24-aprel 2024-yil sanasidagi, 11-05-1820/04 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim bakalavriyat talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’limda STEAM” nomli darslik tayyorlangan.