Ismadiyorova Nafisaxon Ibroximjon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7049
Ilmiy rahbar: Yusupova  Shohidaxon Jaloliddinovna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Sobirova Mahbuba Yusufjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda kinestetik o‘rganuvchanlikni oshirish, ularda intuitivlikni rivojlantirish, artefaktik (fan mazmuni – bilim), protsessual (tanqidiy fikr – ko‘nikma) va gnosemik (tadqiqotchilik – malaka) bilimlarni rivojlantirish, ushbu bilimlardan amaliy foydalana olish, ma’lumotlarni anglash ko‘nikmalarining samarali tekshirilishi aniqlangan;
xalqaro tadqiqotlar talablariga muvofiq ona tili ta’limi bilan integratsiyalash asosida matnni tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va tadqiqotda keltirilgan turli matnlarga duch kelishi inobatga olinib, bu borada tranzaksion tahlil turidan foydalanish samarali ekanligi asoslangan;
til o‘qitishning kommunikativ yondashuvi asosida matndagi ekplisitik (yuzaki-tashqi ma’no) va implisitik (yashirin-ichki ma’no) mazmunni tushuna olish, kontrast ma’lumotlarni ajrata olish, qiyoslash va xulosa chiqarish, verbal (matn) va visual (diagramma, jadval, grafik matn) ma’lumotlarni anglash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi isbotlangan;
o‘quvchilar bilimini oshirishning eydetik xotirani rivojlantirishda foydalanilgan “3T” (tarkib, taxmin, tasnif), “Panja” (parchalash, savol, soddalashtirish, to‘plash, qayta bayon), “YS2O‘Y” (yo‘l, savol, o‘qish va o‘rganish, yodlash), “Til formulasi” (matematik formulalar orqali grammatik bilimlarni o‘zlashtirish), “Xarita” (visual matnlarni verbal matnga aylantirish), “5*5” (5 ta so‘zdan 5 ta gap yaratish), “Tarqalgan so‘zlar” (hech kim bir xil so‘zni o‘ylamaslik), “Sahna” (matn voqealarini sahnalashtirish), “So‘zlar qarorgohi” (sinonim so‘zlardan foydalanish) kabi innovatsiyalar va topshiriqlar takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasiga oid ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘quvchilarda kinestetik o‘rganuvchanlikni oshirish orqali ularda intuitivlikni rivojlantirish usullari, artefaktik, protsessual va gnosemik bilimlarni rivojlantirish va ma’lumotlarni anglash ko‘nikmalari “60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (“Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma 2024-yil). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ona tili darslarida xalqaro tadqiqotlarning tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda ularni ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilishga erishilgan;
xalqaro tadqiqotlar talablarini ona tili ta’limi bilan integratsiyalash asosida matnni tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va tadqiqotda keltirilgan o‘qish matnining tavsif, bayon, ko‘rgazma, argumentatsiya, ko‘rsatma va matn formati bo‘yicha turli matnlarga duch kelishi inobatga olinib, bu borada tranzaksion tahlil turidan foydalanish samarali ekanligiga oid ilmiy tavsiyalaridan “Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma 2024-yil). Natijada ona tilining asosiy mohiyati va vazifalarini aniqlashning pedagogik texnologiyalari bo‘yicha metodik ta’minot takomillashtirilgan;
til o‘qitishning kommunikativ yondashuvi asosida matndagi ekplisitik va implisitik mazmunni tushuna olish, kontrast ma’lumotlarni ajrata olish, verbal va visual ma’lumotlarni anglash ko‘nikmasini “60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 19-sentyabrdagi 02/01-01-78-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ona tili fani o‘qituvchilarining xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanishda 7-8-sinf yoshidagi o‘quvchilarni samaradorligining oshirilishiga erishilgan;
7-8-sinf yoshidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda eydetik xotirani rivojlantirishda foydalanilgan “3T”, “Panja”, “YS2O‘Y”, “Til formulasi”, “Xarita”, “5*5”, “Tarqalgan so‘zlar” kabi innovatsiyalar asosida metodikasi va topshiriqlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik texnologiyalardan “Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma 2024-yil). Natijada o‘quvchilarda anglash va tushunish, shuningdek, bilimlardan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish