Isakov Ruslan Uzakbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq dostonlarida farzandsizlik mavzusi va botirning g‘aroyib tug‘ilishi motivlari: genezisi, tipologiyasi” mavzusida, 10.00.08 – Folklorshunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1690
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich – filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti  DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Qayumov Olim Sadriddinovich  – filologiya fanlari doktori, professor;
Allambergenova Nodira Gulmurzaevna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Milliy dostonlarimizda farzandsizlik, botirning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivlarini, botirning bolalik davrini nazariy jihatdan tahlil qilish, shuningdek, ushbu motiv va sujetlarning boshqa turkiy xalqlar eposlari bilan genetik aloqalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi davrlardagi epik janrlarga xos bo‘lgan farzandsizlik mavzusining tub negizlari qadimgi mifologik manbalardan paydo bo‘lishi aniqlangan. O‘rta Osiyodagi turkiy xalqlar eposlarida farzandsiz ota-onaning oliy kuchlarga sig‘inib, farzand so‘rashi islom dinining keng yoyilishi natijasida shakllangan og‘zaki va qadimgi yozma manbalardagi materiallar tahlili asosida yoritib berilgan;
g‘ayritabiiy tug‘ilish matriarxat davridagi mifologik va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lsa, keyingi davrlarda bu motiv eposlarda botirni karomatli qilib ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan badiiy usul ekanligi dalillangan;
dostonlarda farzand tug‘ilganidan keyin ism qo‘yish, sunnat qildirish, ot va qurol-yarog‘ tanlash va hokazo bosqichlar bolaning bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishidan darak berishi hamda turkiy xalqlar, shuningdek, jahon xalqlari folklorida botirlarning g‘ayritabiiy tug‘ilishi sujetlaridagi umumiy mushtarak tomonlari qiyosiy o‘rganilib, o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
folklordagi Ollohdan farzand so‘rash, botirning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivlaridagi onaning yo‘lbars, bo‘rining yuragiga boshqorong‘i (jerik) bo‘lishi, daraxtdan, olmadan og‘iroyoq bo‘lish singari epik sujetlarning xalq tasavvurlari bilan uzviyligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq dostonlarida farzandsizlik mavzusi va botirning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivlari: genezisi, tipologiyasini qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq qilish asosida olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Qadimgi davrlardagi epik janrlarga xos bo‘lgan farzandsizlik mavzusi qoraqalpoq dostonlarida ham atroflicha aks etganligini va uning tub negizlari qadimgi mifologik manbalardan boshlanishi, mazkur mavzuning transformatsiyalanish jarayonlari turkiy xalqlarning eposlarida bir-biriga yaqin ekanligi, shuningdek, O‘rta Osiodagi turkiy xalqlarning eposlarida farzandsiz ota-onaning oliy kuchlarga sig‘inib, farzand so‘rashi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq xalq og‘zaki prozasi (janriy tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 1-apreldagi 115/1-sonli ma’lumotnomasi);
Qoraqalpoq xalq dostonlaridagi farzandsizlik mavzusini boshqa xalqlarning eposlari bilan qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik yo‘nalishda o‘rganish orqali milliy xarakterga ega farqli belgilardagi ijodiy an’analarning tub negizlari uzoq davrlardan beri shakllanib kelayotganligi haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan ish rejasining bir qator bandlarining amalga oshirilishini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida, jumladan, qoraqalpoq xalq dostonlarida farzandsizlik mavzusi, botir obrazini shakllantirishga bog‘liq xulosa va tavsiyalardan “Xalqaro baxshichilik san’at festivalini o‘tkazish haqida”gi o‘zbek va qoraqalpoq milliy jirovchilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrash hamda rivojlandirish, uni keng targ‘ib-tashviq qilish vazifalarining amalga oshirilishini ta’minlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 11- martdagi 2-03/474-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muallifning ilmiy ishlaridagi yangiliklar o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviyat darslariga, musiqa fani bo‘yicha talabalarga o‘qitiladigan ma’ruzalarning sifatini takomillashtirishda, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish kabi ta’lim jarayonlariga tatbiq qilindi.
Qahramonlarning dunyoga kelishining favqulodda yuz berishi qahramonlik dostonlariga xos asosiy belgilardan biri sanalishi, dostonlarda botirning g‘ayritabiiy tug‘ilishi bu faqat ota-onaning orzusi emas, balki butun xalqning, urug‘-qavmning orzusi sifatida namoyon bo‘lishi, g‘ayritabiiy tug‘ilish matriarxat davridagi mifologik va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lsa, keyingi davrlarda ushbu motiv eposlarda qahramonni karomatli qilib ko‘satish uchun qo‘llanilganligi haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanalining “Musiqiy dam olish dasturlari” bosh tahririyati tomonidan tayyorlanadigan “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan”, “Ádebiyat hám dáwir”, “Tariyxıy shaxslar”, “Xalıq dúrdanaları”, “Jaslar ushın”, “Miyras” eshittirish va ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 1-mart kungi 05-22/91-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dostonlardagi motivlarning g‘oyaviy mazmunidagi bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga tarbiyalashga bog‘liq ilmiy qarashlar va milliy epik merosning tarbiyaviy ahamiyati keng jamoatchilikka tanishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish