Iminova Xurshida Muxtarovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasi (Pedagogik mahorat fani misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped3553
Ilmiy rahbar: Artikova Muxayyo Botiralievna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shaxriyor, fizika fanlari doktori, professor; Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy – metodik tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash mazmuni mavzulararo integratsiya, intensiv mashg‘ulotlar hamda o‘qitish jarayonini differensiallashtirish kabi xususiyatlari bilan o‘quv faoliyatini tahlil qilish, maqsad va didaktik resurslarning mazmunli tavsifini qat’iy belgilash asosida ochib berilgan;
konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantiruvchi darslarni loyihalashning metodik aspektlari muammoli ta’limga asoslangan kreativ loyihalar hamda moslashuvchan o‘qitish texnikalari bilan o‘quv jarayonining tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, baholash kabi bosqichlari uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
darslarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida loyihalashning pedagogik tizimi o‘qitish jarayonini bosqichma-bosqich intevsivlik darajasida topshiriqli-amaliy yo‘naltirilgan faoliyat bilan produktivlik jihati samaradorligini muntazam baholab borish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash modeli talabalarning individual qiziqishi va ehtiyojlariga asoslangan pedagogik texnologiyalarni kolloborativ, situativ, maslahatli ish shakllari bilan rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
 mavzularni integratsiya qilish, intensiv mashg‘ulotlar hamda o‘qitish jarayonini differensiallashtirish kabi asosiy xususiyatlarini o‘quv faoliyatini tahlil qilish, maqsad va didaktik resurslarni mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan talabalarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantiruvchi darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashning maqsad, vazifa va pedagogik shart-sharoitlariga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429-640 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini rivojlantirishning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar tizimi aniqlashtirilgan;
muammoli ta’limga asoslangan kreativ loyihalar, fikrlar almashinuvi va moslashuvchan o‘qitish texnikalarini metodik jarayonning tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, baholash kabi bosqichlari bilan uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan konsentrlangan ta’lim texnologiyasi vositasida darslarni loyihalashning o‘quv, didaktik, metodik jihatlariga oid taklif va xulosalardan 2023-2024-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq vertual o‘yinlarga moyilligini diagnostika korreksiya qilish” mavzusidagi 01-329 raqamli ilmiy amaliy loyihada foydalanildi. Natijada talabalarning darslarni loyihalashga doir kompleks pedagogik bilimlari, amaliy ko‘nikmalari rivojlanishiga didaktik shart-sharoit yaratilgan;
o‘rganish jarayonini bosqichma-bosqich intensivlik darajasini oshirish, topshiriqli-amaliy yo‘naltirilgan loyihalash faoliyatining produktivlik jihati samaradorligini muntazam baholab borish asosida darslarni loyihalashning konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida shakllantirilgan bosqichlari va ketma-ketligiga oid uslubiy tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429640 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning konsentralangan ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, takomillashtirish va baholashga doir metodik kompetensiyalari rivojlanishiga erishilgan;
-o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlariga mos yondashuvlarga asoslangan pedagogik texnologiyalarni kolloborativ, situativ, maslahatli ish shakllarini taqozo etuvchi amaliy bloklarni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan talabalarni konsentrlangan ta’lim texnologiyasi asosida darslarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash modeli 2023-2024-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq vertual o‘yinlarga moyilligini diagnostika korreksiya qilish” mavzusidagi 01-329 raqamli ilmiy amaliy loyihada foydalanildi. Natijada talabalarning darslarni loyihalash faoliyatida diqqatni jamlashi tizimlashgan va samaradorligi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish