Achilova Durdona Abduraxim qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzlyuksiz ta’limda klaster hamkorlik munosabatlarini modellashtirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: _____________
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yarmatov Rahim Bahromovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Koshanova Nilufar Maxsudovna
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi uzlyuksiz ta’limda klaster hamkorlik munosabatlarini modellashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzlyuksiz ta’lim jarayonida klaster hamkorlik tuzilmasining komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda klaster hamkorlik muhitini modellashtirish mexanizmi, subektlarning hamkorlik motivatsiyasi va ijodiy tafakkurini kuchaytirish orqali, kommunikativ-integrativ, funksional-rolli va subektiv-guruhiy komponentlarning o‘zaro tizimli integratsiyalashuvi negizida ilmiy asoslangan holda aniqlashtirilgan;
uzlyuksiz ta’lim kontekstida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholash mezonlarining parametrlarini aniqlashga yo‘naltirilgan hamkorlikka asoslangan ta’lim modeli, oila va maktab integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash, klaster hamkorlik doirasida faoliyat yuritish hamda imitatsion mashqlarni umumiylikdan yakkalikka tamoyili asosida tizimli yondashgan holda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
tizimli ta’lim jarayonida klaster hamkorlik munosabatlarining rivojlanish yo‘nalishlari va hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning mazmuni, tamoyillari hamda yondashuvlari psixologik mezonlar va muloqotga tayyorlik darajasi nuqtayi nazaridan aniqlashtirilib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi (interactive cooperation) interaktiv hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan, kooperativ ta’lim muhitini (cooperative learning environment) va K-means klasterlash algoritmini shakllantirish hamda ta’limiy ekotizmlarning funksional ustuvorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
ta’limda barqaror rivojlanish jarayonida klaster hamkorlik muhitini modellashtirishga qaratilgan interfaol metodlar asosida o‘quv jarayonidagi motivatsion faoliyat shakllarining integratsiyalashuvi, klaster hamkorlikdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish hamda jamoaviy ijodiy ishni (working in cooperation) samarali yo‘lga qo‘yish metodikasini ishlab chiqish orqali talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi interfaol mashqlar tizimi shakllantirilib, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzlyuksiz ta’limda klaster hamkorlik munosabatlarini modellashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzlyuksiz ta’lim jarayonida klaster hamkorlik tuzilmasining komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda klaster hamkorlik muhitini modellashtirish mexanizmi subektlarning hamkorlik motivatsiyasi, ijodiy fikrlash va hamkorlik tuzilmasining kommunikativ-integrativ, funksional-rolli va subektiv-guruhiy komponentlari integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirilga oid taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar instituti 2024-yil 7-dekabr 2707/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster hamkorlik munosabatlari tuzilmasining komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari va mazmuni boyitilgan;
uzlyuksiz ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlarining parametrlari uchun hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayoni modeli oila va maktab integratsiyasini ta’minlash bosqichlari, klaster hamkorlikka asoslangan faoliyat jarayonida imitatsiyon mashqlarni umumiylikdan yakkalikka tamoyilini qo‘llash asosida takomillashtirilga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Jizzax politexnika instituti 2024-yil 10-dekabr 03-2387-2376-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’limda oila va maktab integratsiyasini ta’minlashning bosqichlari klaster hamkorlikka asoslangan faoliyatni kasbiy kompetensiya bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ta’lim jarayonida klaster hamkorlik munosabatlarining rivojlanish yo‘nalishlari, hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish mazmuni, tamoyillari va yondashuvlari hamda muloqotga tayyorlik darajasi va mezonlariga ko‘ra psixologik omillari aniqlashtirilib, hamkorlik pedagogikasi asosida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi mustahkam faoliyatni tashkil etishga asoslangan kollaborativ va maqsadga yo‘naltirilgan ta’limiy ekotizmlarning ustuvorligini ta’minlash asosida takomillashtirilga oid xulosalardan “Subhidam” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-dekabrdagi 459/13-10–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.