Abdullaeva Muxtasar Akmoljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarim o‘tkazgichli rele qurilmalarini “Rele himoyasi va avtomatikasi” fanida o‘qitishning interfaol metodlarini ishlab chiqish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Ped4065
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna , texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04raqamli Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Safibulo Xabibullaevich - pedagogika fanlari doktori, professor; Yo‘lchoev Shaxriyor Xusanovich - fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universtiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. “Rele himoyasi va avtomatikasi” fani doirasida yarimo‘tkazgichli rele qurilmalarini o‘qitishning interfaol usullarini ishlab chiqish orqali, o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarga texnika fanlarni o‘qitishdagi pedagogik muammolar tahlil qilinib, o‘qitishda texnologik, tadqiqiy va funksional yondashuvlar bilan yarim o‘tkazgichli relelarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
"Rele himoyasi va avtomatikasi" fanidan o‘qitishni yarim o‘tkazgichli relelarni nazariy materiallari bilan ishlab chiqarishdagi amaliy jihatlari bog‘lanishlari ishlab chiqilib, o‘quv rejaga yangi o‘quv fani joriy etish orqali takomillashtirilgan;
texnika fanlarini o‘qitishda mustaqil ta’limning to‘garakka, ishlab chiqarishga, innovatsion loyihalarga yo‘naltirilgan shakllari bilan texnika yo‘nalishlari o‘quv jarayonida nazariya-amaliyot, ishlab chiqarish-amaliyot, mustaqil ta’lim-ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyoti va yangi loyiha, bitiruv malakaviy ishgacha kabi ierarxiya ishlab chiqilgan;
Rele himoyasi va avtomatikasining yarim o‘tkazgichli qurilmalarini o‘qitishni modeli ishlab chiqilib, rele himoyasi va avtomatikasining mikroprotsessorli qurilmalarini o‘qitishga mos “Texnik krossvord”, “Octopus”, “Raqamli daraxt”, “Terminator”, “Real device”, “Cho‘qqini zabt etish va sirpanib tushish”, va “O‘xshataman-bilaman” nomli interfaol metodlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yarim o‘tkazgichli rele qurilmalarini “Rele himoyasi va avtomatikasi” fanidan o‘qitishning interfaol metodlarini ishlab chiqish” mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
talabalarga texnik fanlarni o‘qitishdagi pedagogik muammolar tahlil qilinib, o‘qitishda texnologik, tadqiqiy va funksional yondashuvlar bilan yarim o‘tkazgichli relelarni o‘qitish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida tajriba-sinov ishlari amalga oshirilgan. (OTFvaIVning 2023 yil 27 dekabrdagi 4/17-4/4-11174-son ma’lumotnomasi), Natijada tajriba guruhlaridagi talabalarning mikroprotsessorli relelar bo‘yicha bilim o‘zlashtirishlari nazorat guruhidan yuqori ekanligi aniqlangan;
"Rele himoyasi va avtomatikasi" fanidan o‘qitishni yarim o‘tkazgichli relelarni nazariy materiallari bilan ishlab chiqarishdagi amaliy jihatlari bog‘lanishlari ishlab chiqilib, o‘quv rejaga yangi o‘quv fani joriy etish orqali takomillashtirish yuzasidan tavsiyalardan Farg‘ona politexnika institutining 5312100-“Energiya tejamkorligi va energiyaudit” yo‘nalishi talabalarining o‘quv rejasiga yangi fan kiritishda va ushbu fan uchun «Rele himoyasi va avtomatikasining raqamli qurilmalari» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan. (OTFvaIVning 2023 yil 27 dekabrdagi 4/17-4/4-11174-son ma’lumotnomasi) Natijada, ishlab chiqarish talablariga mos, muhandis kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini mustaxkamlashga erishilgan;
texnika fanlarini o‘qitishda mustaqil ta’limning to‘garakka, ishlab chiqarishga, innovatsion loyihalarga yo‘naltirilgan shakllari bilan texnika yo‘nalishlari o‘quv jarayonida nazariya-amaliyot, ishlab chiqarish-amaliyot, mustaqil ta’lim-ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyoti va yangi loyiha, bitiruv malakaviy ishgacha kabi ierarxiyasidan foydalanilib, oliy ta’lim va korxona bilan yangi mazmundagi, mustail ta’limdan-BMI gacha mazmunida shartnoma tuzilgan. (FarPIning 2023 yil 12 dekabrdagi 1133-sonli shartnoma). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim, hamda bitiruv malakaviy ishlari bilan ishlab chiqarish va amaliyotga mo‘ljallangan natijalar olishga erishilgan;
Rele himoyasi va avtomatikasining yarim o‘tkazgichli qurilmalarini o‘qitishni modeli ishlab chiqilib, rele himoyasi va avtomatikasining mikroprotsessorli qurilmalarini o‘qitishga mos “Texnik krossvord”, “Octopus”, “Raqamli daraxt”, “Terminator”, “Real device”, “Cho‘qqini zabt etish va sirpanib tushish”, va “O‘xshataman-bilaman” nomli interfaol metodlari tajriba sinov uchun tanlangan obektlarda qo‘llanilgan. (OTFvaIVning 2023 yil 27 dekabrdagi 4/17-4/4-11174-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir texnika fanlarini o‘ziga mos interfaol metodlardan foydalanib o‘qitishning samaradorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish