Jumaniyozova Feruza Rajabovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston engil sanoatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish»,  08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt107.

Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sanaqulova Barnogul Rizoqulovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  Biznes va boshqaruv oliy maktabi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston engil sanoatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

engil sanoat korxonalari faoliyatining yuqori rentabelligini ta’minlash asosida tarmoqni moliyalashtirishning uzluksizligiga erishish taklifi ishlab chiqilgan;

engil sanoatda yirik bo‘lmagan korxonalarni vertikal integratsiyalashtirilgan tizimga qo‘shilishining samaradorligini baholash uslubi takomillashtirilgan;

engil sanoat korxonalari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda investision xarajatlarni lizing asosida moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;

engil sanoat korxonalarini tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmini oshirishda overdraft kreditlash usulidan foydalanish mexanizmi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston engil sanoatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

engil sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishning uzluksizligini yuqori rentabellik ko‘rsatkichlar asosida ta’minlash taklifi «O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoatini 2018–2021 yillarda rivojlanish strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbollari konsepsiyasi»da foydalanilgan(«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 23 oktyabrdagi FJ-06-5730-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bo‘yicha amalga oshirilgan choralar natijasida, jumladan, so‘nggi 3 yil davomida mamlakatimiz engil sanoatida mahsulot sotish rentabelligi 6,0 foizdan 9,0 foizga; asosiy vositalar rentabelligi 9,4 foizdan 12,0 foizga; aylanma mablag‘lar rentabelligi 19,3 foizdan 27,4 foizga; ishlab chiqarish tannarxi rentabelligi 7,5 foizdan 10,4 foizga; o‘z mablag‘lari rentabelligi 8,0 foizdan 11,6 foizga; qarz mablag‘lari rentabelligi 0,7 foizdan 1,2 foizga; mol-mulk rentabelligi 3,9 foizdan 5,9 foizga; umumiy rentabellik esa 12,4 foizdan 17,8 foizga oshgan;

engil sanoatda yirik bo‘lmagan korxonalarning vertikal integratsiyalashtirilgan tizimga qo‘shilishining samaradorligini baholashda Al`tmanning modernizatsiya qilingan «Z» modelidan foydalanish taklifi «O‘zbekiston Respublikasini to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati 2018–2021 yillarda rivojlanish strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbollari konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 23 oktyabrdagi FJ-06-5730-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida engil sanoat korxonalarida aylanma mablag‘larning aylanish davri 2015 yildagi 112,5 kundan 2016 yilda 109,0 kungacha, 2017 yilda 105,9 kungacha tezlashgan; 

engil sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirish amaliyotini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning takomillashgan taklifi «O‘zbekiston Respublikasini to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati 2018–2021 yillarda rivojlanish strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbollari konsepsiyasi»da foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 23 oktyabrdagi FJ-06-5730-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan import boji xomashyo materiallarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkonini bergan;

engil sanoat korxonalarini tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmini oshirishni overdraft kreditlash usuli asosida ta’minlash taklifi «O‘zbekiston Respublikasini to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati 2018–2021 yillarda rivojlanish strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbollari konsepsiyasi»da ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 23 oktyabrdagi FJ-06-5730-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishini moliyalashtirishni tashkil etishning zamonaviy kreditlash usulini joriy etish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish