Mo‘minov Shermuhammad Abdushukur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik panellar asosidagi barqaror elektr stansiyalarning ish rejimlarini modellashtirish”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4466.
Ilmiy rahbar: Kuchkarov Akmaljon Axmadalievich, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Nuraddin Azadovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mirzabaev Akrom Maxkamovich, texnika fanlari doktori, pforessor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududning iqlim sharoitini hisobga olgan holda fotoelektrik modullar asosidagi barqaror elektr stansiyalarining ish rejimlarini modellashtirish (Farg‘ona vodiysi misolida) dan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fotoelektrik stansiyalarning chiqish quvvatlari bashoratlashda aniqlikni 8-12% gacha oshirish imkonini beruvchi 10 daqiqalik qisqa vaqt qadami bilan takomillashtirilgan iqlimiy va aktinometrik ko‘rsatkichlar bazasi yaratilgan;
fotoelektrik panel atrofidagi havo oqimi va chang zarralari harakatini uch o‘lchovli modellashtirish asosida shamol tezligi, zarralar diametri va panel sirtiga havo oqimining hujum burchaklarini hisobga olgan holda changning maksimal cho‘kish foizi 15,8% ni va minimal cho‘kish foizi esa 4,2% ni mos ravishda tashkil etishi aniqlangan;
quyosh fotoelektrik stansiyalarining energetik ko‘rsatgichlarini monitoring qilish jarayonida o‘zgarmas tok kuchini o‘lchash aniqligi va sezgirligini oshirish imkonini beruvchi ADS1115 moduli va ACS712 tok datchigi, chiziqli regressiya usulidan foydalangan holda datchikning kalibrlash aniqligini 5,71% ga, qurilmaning o‘lchash sezgirligini 26 marta ortishi hamda o‘lchov xatolik darajasi 4,54% gacha kamayishi aniqlangan;
fotoelektrik panellar guruhi 16 tagacha bo‘lgan stansiyaning barqaror ish rejimlarini kompleks baholashda elektr energiyasi ko‘rsatkichlari, tashqi iqlimiy va aktinometrik ma’lumotlarni real vaqt rejimda o‘lchash asosida ro‘yxatga olish, grafik va raqamli ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi monitoring tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Hududning iqlim sharoitini hisobga olgan holda fotoelektrik modullar asosidagi barqaror elektr stansiyalarining ish rejimlarini modellashtirish (Farg‘ona vodiysi misolida) bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
fotoelektrik modullarni optimal o‘rnatish burchaklari uchun taklif qilingan hisoblash usullaridan (Frid S.E., Lisiskaya N.V., Muminov, S.A. The optimal angle of inclination of photovoltaic modules to the horizon. Applied Solar Energy 2023, Vol. 59 No.1, pp.26–29) foydalanish asosida, Jazoirlik olimlar hudud uchun quyosh panellarini erda o‘rnatish uchun optimal burchakni hisoblash amalga oshirilgan (A.Namoune et al. Optimizing solar panel tilt angles across diverse Algerian terrain. Naukovyi Visnyk Natsionalnoho Hirnychoho Universytetu, 2024, № 52223-2362), Xitoylik olimlar tomonidan davriy oqim maydonida quyosh fotoelektrik modullarini sonli modellashtirish amalga oshirilgan (Dai, B., Kan, A. Numerical Simulation of Fluid-Solid Coupling for Solar Photovoltaic Module in Periodic Flow Field. Appl. Sol. Energy 59, 468–479 (2023).), shuningdek, Rossiyalik olim tomonidan quyosh fotoelektrik modullarini samaradorligini laboratoriya sharoitida konvektiv issiqlik uzatish koeffisientini hisoblashda foydalangan (M.A. Razakov. Convective Heat Transfer Coefficient Modelling in Laboratiry Tess of Photovoltaic Solar Modules Efficiency. 2024 6th International Youth Conference on Radio Electronics, Electrical and Power Engineering (REEPE), Moscow, Russian Federation, 2024, pp. 1-5).
qayta ishlangan so‘nggi 15 yillik iqlimiy va aktinometrik ma’lumotlar bazasi (BGU 00617) fotoelektrik stansiyalarni loyihalashda hamda stansiyaning ishlab chiqargan elektr energiyasi ko‘rsatkichlari, tashqi iqlimiy va aktinometrik ma’lumotlarni real vaqt rejimida masofaviy monitoring qilish tizimi (DGU 34538) «SUN-HIGHTECh» MChJ da joriy qilingan. (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 11-dekabrdagi №04-3/2150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fotoelektrik stansiyaning yillik energiya ishlab chiqarish quvvatini 3-5% ga va basharotlash natijalari aniqligini 8-12% ga oshirish imkonini bergan.