Sultanova Sevara Iles qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xom ashyo va materiallar asosidagi ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompleks modifikatsiyalangan issiqlik izolyasiyalovchi ko‘pik beton.”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4026.
Ilmiy rahbar: Ilyasov Allanazar To‘rexanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Qoraqalpoq davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Qasimov Ibrohim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor, Mirzajonov Ma’mirjon Alimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik – qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar: «VESTA HPR 801» superplastifikatori va mikrokremnezemni kompleks ravishda qo‘llash yoʻli bilan ekspluatatsion ko‘rsatkichlari yaxshilangan issiqlik izolyasiyalovchi noavtoklav qotuvchi ko‘pik-betonlarning tarkiblarni olish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik izolyasiyalovchi noavtoklav ko‘pik-betonning optimallashtirilgan tarkibini tanlash va strukturasini shakllantirishda maxalliy «VESTA HPR 801» polikarboksilatli superplastifikatori va mikrokremnezem qo‘shimchalarining optimal miqdorlarda tarkibga kiritilishiga asoslangan issiqlik izolyasiyalovchi ko‘pik-betonlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning tamoyillari isbotlangan;
ko‘pik-beton qorishmasini «VESTA HPR 801» polikarboksilatli superplastifikatori bilan plastifikasiyalashning o‘ziga xos bo‘lgan mexanizmi aniqlangan;
issiqlik izolyasiyalovchi noavtoklav ko‘pik-beton qorishmasining tarkibiga «VESTA HPR 801» polikarboksilatli superplastifikatori va mikrokremnezmning optimal miqdordagi dozalarining kiritilishi natijasida ko‘pik-beton ekspluatasion xossalarining yaxshilanishiga olib keluvchi sinergetik samaraning xosil bo‘lishi isbotlangan;
modifikasiyalovchi qo‘shimchalarning kiritilishi natijasida noavtoklav ko‘pik-betonning struktursida xosil bo‘luvchi yangi xosilalarning fazali tarkibi sifat jixatdan o‘zgarishi asoslangan;
kompleks modifikasiyalangan issiqlik izolyasiyalovchi noavtoklav ko‘pikbetonning siqilishga mustahkamligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlarining ushbu kompozision materialning reseptura-texnologik omillariga nisbatan matematik modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyo va materiallar asosidagi ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompleks modifikatsiyalangan issiqlik izolyasiyalovchi ko‘pik-betonning tarkibi va texnologiyasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
Olingan issiqlik izolyasiyalovchi ko‘pik-betonning tarkiblari qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “EVROBETON” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi” vazirligining 2024-yil “01”-noyabrdagi 03-07/01-3325-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘pik-betonning mustahkamligini oshirish bilan birga, sementli bog‘lovchi sarfini 50 foizga tejash imkoniyati yaratilgan. Bunda kutilayotgan iqtisodiy samara 1 m3 ko‘pik-beton uchun o‘rtacha 93000,9 so‘mni, bir yilda esa 348,753 mln. so‘mni tashkil etgan.