Usmonov Komil Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Elektr harakat tarkibidagi tortuvchi asinxron motorlarining elektromagnit parametrlarini yaxshilash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4294
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Pirmatov Nurali Berdiyorovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Otabek Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Ural Hoshimovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Elektr harakat tarkibi tortuvchi asinxron motorining rotor pazlarining geometrik o‘lchamlarini optimallash orqali elektromagnit parametrlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
asinxron tortuvchi motorlari rotor pazlari geometrik o‘lchamlarining optimal qiymatini aniqlash orqali motorning elektromagnit parametrlarini yaxshilash asoslangan;
asinxron tortuvchi motorlar po‘lat o‘zagi to‘yinish koeffisientini inobatga olish orqali magnit maydonini hisoblash algoritmi va matematik modeli takomillashtirilgan;
asinxron tortuvchi motorlar havo bo‘shlig‘idagi yig‘indi magnit maydoni va uning birinchi garmonikasi qiymatlarini o‘lchash uchun stator po‘lat o‘zagi yuzasida joylashtirish hisobiga aniqligi yuqori bo‘lgan qurilmalar ishlab chiqilgan;
asinxron tortuvchi motorlarining elektromagnit parametrlariga ta’sir etuvchi stator chulg‘ami tirsak qismining sochilma magnit maydonini o‘lchash uchun stator chulg‘amining tirsak qismi qarshisida, ya’ni podshipnik shitida joylashganligi hisobiga yuqori aniqlikka ega bo‘lgan qurilma ishlab chiqilgan;
asinxron tortuvchi motorining stator va rotor po‘lat o‘zaklari o‘rniga qayta magnitlanishdagi isroflari kam bo‘lgan kompozision materiallarni qo‘llash orqali motorning elektromagnit parametrlarini yaxshilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Elektr harakat tarkibidagi tortuvchi asinxron motorlarining elektromagnit parametrlarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asinxron tortuvchi motori statori chulg‘amining yig‘indi magnit maydonini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 02254, 2021 yil). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron tortuvchi motori stator chulg‘amining magnit maydoni birinchi garmonikasini o‘lchash qurilmasiga O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 02255, 2023 yil). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron tortuvchi motori statori chulg‘amining tirsak qismidagi tarqoq magnit maydonini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 02159, 2022 yil). Natijada aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan qurilmalar "O‘ztemiryo‘lmashta’mir" aksiyadorlik jamiyatida tatbiq etilgan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2023 yil 4-dekabrdagi 01/4119-23 – son ma’lumotnomasi). Natijada, kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik tortuvchi asinxron motorning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisobiga 127 million so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish