Narzieva Dilnoza Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonini tashxislash va davolashning klinik-immunologik va molekulyar-biologik jihatlari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3832.
Ilmiy rahbar: Kaxxarov Alisher Jamoliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Texas Universitetning MD Anderson nomli onkologik markazi (AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratonida prognostik tasniflashni yaxshilash va individual terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratonida CD4, CD8 va CD20 limfotsitlar holati va infil`tratsiyasi bilan xarakterlanuvchi o‘smaning immun profili immun javobning mustaqilligi tufayli o‘sma jarayonining bosqichi va o‘smaning gistologik turi bilan o‘zaro bog‘liq emasligi isbotlangan.
CD20 musbat limfotsitlarning yuqori darajasi kam samarali immun javob reaksiyasi tufayli sut bezi saratonini agressiv kechishiga, terapiyaning samarasizligiga va yomon oqibatlarga olib kelishi isbotlangan.
sut bezi saratonida musbat PD-L1 holati faol immun javob va neoadyuvant kimyoterapiyaning yaxshi klinik natijalari bilan tavsiflanuvchi CD4 va CD8 limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
o‘sma to‘qimalarida CD4+ va CD8+ limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi mavjud bemorlar to‘liq patomorfologik javobning yuqori suratlari bilan ajralib turishi, qaytalanishsiz va umumiy omon qolish ko‘rsatkichining ortishi bilan tavsiflanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonini tashxislash va davolashning klinik-immunologik va molekulyar-biologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik amaliyotga tatbiq etildi: sut bezi saratonida CD4, CD8 va CD20 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali onkomammologiya bo‘limida 2024-yil 29-oktyabrdagi 32-son buyrug‘i bilan kiritilgan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024-yil 15-oktyabrdagi 88-T-son buyrug‘iga kiritilgan limfotsitlar holati va infil`tratsiyasi bilan xarakterlanuvchi o‘smaning immun profili immun javobning mustaqilligi tufayli o‘sma jarayonining bosqichi va o‘smaning gistologik turi bilan o‘zaro bog‘liq emasligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorlik: TILni hisoblashning tavsiya etilgan usuli birinchi marta sut bezi saratoniga tashxis qo‘yishda samaradorligi tasdiqlandi, shuningdek, sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda neoadyuvant kimyoterapiyani individual davolash samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorlik: sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yish va prognostik tasniflashning asosli samaradorligidan foydalangan holda birinchi marta davlat byudjeti mablag‘larini 8,5 foiz tejashga erishildi. Xulosa: immun mikromuhitini bashoratlash modellariga kiritish prognozlarning aniqliligini oshirishi va prognozni individuallashtirishga yordam berishi mumkin, bu esa bemorlarni adekvatroq davolash va ularni monitoring qilish imkonini beradi, bu esa 2-3 kun davomida kasalxonada qolish va bemorlarning hayot sifatini oshirish hisobiga har bir davolash kursi uchun har bir bemordan 8,5% byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik tatbiq etildi: CD20 musbat limfotsitlarning yuqori darajasi kam samarali immun javob reaksiyasi tufayli sut bezi saratonini agressiv kechishiga, terapiyaning samarasizligiga va yomon oqibatlarga olib kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali onkologiya bo‘limida 2024 yil 29 oktyabrdagi 32-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024-yil 15-oktyabrdagi 15-son 88-T buyrug‘i bilan CD20 musbat limfotsitlarining yuqori darajasi sut bezi saratonining agressiv kechishiga, terapiya samarasizligiga va kam samarali immunitet reaksiyasi tufayli yomon oqibatlarga olib kelishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar bemorlarning klinik natijalari va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan individual terapevtik yondashuvlarni yaratishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davlat byudjeti mablag‘larini 9,5 foizga tejashga erishildi. Xulosa: o‘smaning immun mikromuhitini hisobga olgan holda prognostik modellarni takomillashtirish bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish va kasalxonada qolish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali har bir kurs uchun 1 bemorga 9,5% byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: sut bezi saratonida musbat PD-L1 holati faol immun javob va neoadyuvant kimyoterapiyaning yaxshi klinik natijalari bilan tavsiflanuvchi CD4 va CD8 limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali onkologiya bo‘limida 2024 yil 29 oktyabrdagi 32-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024-yil 15-oktyabrdagi 15-son 88-T buyrug‘i bilan sut bezi saratonida musbat PD-L1 holati faol immun javob va neoadyuvant kimyoterapiyaning eng yaxshi klinik natijasi bilan xarakterlanuvchi CD4 va CD8 limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot klinisistlarga davolash qarorlarini qabul qilish uchun yangi vositalarni taqdim etadi, shu jumladan o‘smaning immun mikromuhitini va PD-L1 va EGFR reseptorlari holatini baholash, bu neoadyuvant kimyoterapiya, immunoterapiya va target terapiya usullarini tanlashda foydali bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy samaradorlik: davlat byudjeti mablag‘larini 6,0 foizga tejashga erishildi. Xulosa: tadqiqot terapiyani rejalashtirishda PD-L1 va EGFR holatini baholashning muhimligini ta’kidlaydi, bu davolash natijalarini yaxshilash va immunoterapiya samaradorligini oshirishga imkon beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasalxonada qolish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘larining 15,0 foizini tejaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik o‘sma to‘qimalarida CD4+ va CD8+ limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi mavjud bemorlar to‘liq patomorfologik javobning yuqori suratlari bilan ajralib turishi, qaytalanishsiz va umumiy omon qolish ko‘rsatkichining ortishi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali onkologiya bo‘limida 2024 yil 29 oktyabrdagi 32-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali onkomammologiya bo‘limida 2024-yil 15-oktyabrdagi 15-son 88-T buyrug‘i bilan o‘sma to‘qimalarida CD4+ va CD8+ limfotsitlarining yuqori infil`tratsiyasi mavjud bemorlar to‘liq patomorfologik javobning yuqori suratlari bilan xarakterlanishi, residivsiz va umumiy omon qolish ko‘rsatkichining ortishi bilan xarakterlanishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorlik: ushbu tadqiqot bemorlarning hayot sifatini yanada aniq va samarali terapevtik strategiyalar orqali yaxshilaydi, bu esa nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishga va psixologik farovonlikni yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorlik: yangi usulning joriy etilishi aniqroq prognozlash hisobiga davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlarning ayrim kichik guruhlari uchun samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha muolajalar va davolash usullarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: yangi usulni joriy etish, bemorlarning ayrim kichik guruhlari uchun samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha muolajalar va davolash usullarini aniqroq bashorat qilish va kamaytirish orqali davolash xarajatlarini 16,5 foizga kamaytirish imkonini beradi;