Ametova Alie Servetovnaning
falsafa doktori (PhD)) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Revmatoid artritda qo‘l bo‘g‘imlarining ul`tratovush diagnostikasi va davolashni optimallashtirish”, 14.00.05-Ichki kasalliklar va 14.00.19-Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2388.
Ilmiy raxbarlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ablyazov Otabek Vaxabovich  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘l panja bo‘g‘imlarida revmatoid artritning rivojlanishini erta aniqlash va kechishini monitoring qilish uchun ul`tratovush diagnostika usullarini takomillashtirish va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RAning o‘rtacha va yuqori faolligida kasallikning engil faolligiga nisbatan VASh, DAS28, SSPA, FNO-α, IL-6 darajasining oshishi, ul`tratovush tekshiruvi ma’lumotlariga ko‘ra sinovial suyuqlik va bo‘g‘imlar qobig‘ining qalinligining oshishi (R<0,001) aniqlangan;
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda qo‘l panja bo‘g‘imlarida ul`tratovush tekshiruvida sinovial suyuqlikning va sinovial qobiq qalinligining >7 mm yukori ekanligi, rang lokuslari soni ≥3 tadan ko‘p bo‘lishi, sinovit, tenosinovit va o‘rta barmoqlar tendovaginit uchrashi aniklangan va bular RAni erta tashxislashda diagnostik mezonlari sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
ilk bor RAda qo‘l panjalarning ul`tratovush tekshiruvi shkalasi natijalari bilan kasallik davomiyligi, FS, VASh, DAS28, ertalabki karaxtlik o‘rtasida yuqori to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniklangan (r=0,80-0,92) va uning diagnostik samaradorligi isbotlangan;
revmatoid artritni kompleks davolashda levilimab gen-injener biologik dori vositasini qullash oro‘ali davo samaradorligi oshganligi (og‘riqli bo‘g‘imlar sonini 42% ga, shishli bo‘g‘imlar sonini 44% ga, EChTni 56% ga, RFni 76% ga kamayishi) aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritda qo‘l bo‘g‘imlarining ul`tratovush diagnostikasi va davolashni optimallashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: RAning o‘rtacha va yuqori faolligida kasallikning engil faolligiga nisbatan VASh, DAS28, SSPA, FNO-α, IL-6 darajasining oshishi, ul`tratovush tekshiruvi ma’lumotlariga ko‘ra sinovial suyuqlik va bo‘g‘imlar qobig‘ining qalinligining oshishi (R<0,001) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 27 martdagi 8-soni bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritda kul panja bugimlarining ultrotovush tashxislash texnologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2024 yil 2914-7-107-TB/2024-sonli buyrug‘i buyrug‘i bilan, Samarqand bekati temir yo‘l klinik shifoxonasining 02.07.24-yil 38-sonli buyrug‘i bilan bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA diagnostikasining aniqligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu nooptimal davolashni tayinlash xavfini kamaytiradi, samarali terapiyani boshlashgacha bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi va kasallikning rivojlanishini nazorat qilishni yaxshilaydi. Bu nogironlik xavfini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi. Takroriy tekshiruvlar va aniqlashtiruvchi diagnostika usullarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha 2120000 so‘m iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda qo‘l panja bo‘g‘imlarida ul`tratovush tekshiruvida sinovial suyuqlikning va sinovial qobiq qalinligining >7 mm yukori ekanligi, rang lokuslari soni ≥3 tadan ko‘p bo‘lishi, sinovit, tenosinovit va o‘rta barmoqlar tendovaginit uchrashi aniklangan va bular RAni erta tashxislashda diagnostik mezonlari sifatida qo‘llanilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 27 martdagi 8-soni bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritda kul panja bugimlarining ultrotovush tashxislash texnologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2024 yil 2914-7-107-TB/2024-sonli buyrug‘i buyrug‘i bilan, Samarqand bekati temir yo‘l klinik shifoxonasining 02.07.24-yil 38-sonli buyrug‘i bilan bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: struktur o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida davolanishni boshlash orqali nogironlik xavfini kamaytirishdir. Bu kasallikning prognozini yaxshilashga va bemorlarning faol hayot davomiyligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kechki jarrohlik aralashuvlari va bo‘g‘imlarni tiklash uchun qimmat muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishda ifodalanadi shu xisobida xar bir bemorga taxminan 1460000 so‘m iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor RAda qo‘l panjalarning ul`tratovush tekshiruvi shkalasi natijalari bilan kasallik davomiyligi, FS, VASh, DAS28, ertalabki karaxtlik o‘rtasida yuqori to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniklangan (r=0,80-0,92) va uning diagnostik samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 27 martdagi 8-soni bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritda kul panja bugimlarining ultrotovush tashxislash texnologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2024 yil 2914-7-107-TB/2024-sonli buyrug‘i buyrug‘i bilan, Samarqand bekati temir yo‘l klinik shifoxonasining 02.07.24-yil 38-sonli buyrug‘i bilan bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilg‘or ul`tratovush texnologiyalarini klinik amaliyotga integratsiyalash revmatoid artrit diagnostikasining sezgirligi va o‘ziga xosligini oshiradi, bu esa davolash natijalarini yaxshilaydi va diagnostika va terapiya xarajatlarini kamaytiradi, kasallikning barcha bosqichlarida bemorlarning hayot sifatini saqlab qolishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini kamaytirish va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirish bilan ifodalangan. Bu har bir bemorni davolash xarajatlarini o‘rtacha 1230000 so‘mga kamaytirgan. , chunki aniq va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish ortiqcha tekshiruv va terapiyani o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritni kompleks davolashda levilimab gen-injener biologik dori vositasini qullash oro‘ali davo samaradorligi oshganligi (og‘riqli bo‘g‘imlar sonini 42% ga, shishli bo‘g‘imlar sonini 44% ga, EChTni 56% ga, RFni 76% ga kamayishi) aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 27 martdagi 8-soni bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritda kul panja bugimlarining ultrotovush tashxislash texnologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2024 yil 2914-7-107-TB/2024-sonli buyrug‘i buyrug‘i bilan, Samarqand bekati temir yo‘l klinik shifoxonasining 02.07.24-yil 38-sonli buyrug‘i bilan bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:   levilimabni qo‘llash bilan kompleks terapiyani joriy etish optimal davolash rejasini tanlash imkonini beradi, davolanishni optimallashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat bo‘lib, bu kasallikning rivojlanishi va nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi:  terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi va bemorlarning hayot sifatini saqlab qolgan holda xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish