Usmanov Rustam Xodjiakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda retinoblastomani a’zo saqlovchi davolashni erta tashxislashni optimallashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/Tib4594
Ilmiy rahbar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Gafur-Axunov Mirza-ali Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda retinoblastomani erta tashxislash va a’zo saqlovchi davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik o‘lchamli retinoblastomaning davolashda RetCam IIni ko‘z tubini keng maydonli periferiyani ko‘rish imkon beradigan usulini qo‘llanilishi isbotlangan.
retinoblastoma aniqlangan bolalarda kasallikni oilaviy turini diagnostikasida xromosoma abberatsiyalari aniqlash uchun sitogenetik tekshiruvlarni qo‘llanilishi asoslangan.
kichik o‘lchamli retinoblastoma transpupillyar termoterapiya va kimyoterapiyani kombinirlashgan davolashda o‘smaning denaturatsiya va apoptoz hisobiga samaradorligi isbotlangan;
kichik o‘lchamli retinoblastomda davodan keyin ul`tratovush akustik zichligi ko‘rsatkichiga ko‘ra kal`sinat darajasi hisobiga qasallikning regressiyaga uchrashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik kichik o‘lchamli retinoblastomaning davolashda RetCam IIni ko‘z tubini keng maydonli periferiyani ko‘rish imkon beradigan usulini qo‘llanilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialining 2024 yil 12 iyundagi 75-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyat filialining 2024 yil 1 iyundagi 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RetCam II yordamida bolalarda retinoblastomani erta aniqlash, a’zo saqlovchi samarali davolash imkonini beradi va bu ko‘z olmasining a’zo sifatida saqlanib qolishini va bemorni sezilarli darajada yaxshi reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: RetCam II yordamida bolalarni tekshirish har bir bemor uchun 1100000 so‘mni tashkil qiladi va erta bosqichda davolashda kasallikning tarqalgan bosqichlarini davolashga sarflanishi mumkin bo‘lgan 15000000-30000000 so‘m miqdorida pulni tejash imkonini beradi. Xulosa: Onkooftal`mologiya amaliyotida birinchi marta retinoblastomada diagnostika usullarini keng qo‘llash oqibatida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 10%ga iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: retinoblastoma aniqlangan bolalarda kasallikni oilaviy turini diagnostikasida xromosoma abberatsiyalari aniqlash uchun genetik tekshiruvlarni qo‘llanilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialining 2024 yil 12 iyundagi 75-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyat filialining 2024 yil 1 iyundagi 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sitogenetik tahlil usuli yordamida bemorlarning qarindoshlarida retinoblastoma xavfi yuqori bo‘lgan holatlarni erta aniqlash, samarali profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sitogenetik tahlil narxining yuqoriligiga (1600000 so‘m) qaramay, kasallikning oldini olish yoki erta davolashdan potensial iqtisodiy foyda sezilarli darajada yuqoridir. Xulosa: Ushbu genetik tekshiruvni qo‘llash oqibatida kasallikning erta tashhislash imkoni imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kichik o‘lchamli retinoblastoma transpupillyar termoterapiya va kimyoterapiyani kombinirlashgan davolashda o‘smaning denaturatsiya va apoptoz hisobiga samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialining 2024 yil 12 iyundagi 75-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyat filialining 2024 yil 1 iyundagi 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kimyoterapiya bilan birgalikda transpupillyar termoterapiya usulidan foydalangan holda a’zo saqlovchi kompleks davolash bemor uchun kuchli klinik samara va kelajakda yuqori hayot sifatini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: TTTni bolalarni kompleks davolashga kiritish har bir bemor uchun 1500000-2300000 so‘mni tashkil etadi va erta bosqichda davolashda kasallikning tarqalgan bosqichlarini davolashga sarflanishi mumkin bo‘lgan 15000000-30000000 so‘m miqdorida mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Bolalarda retinoblastomani erta aniqlash oqibatida tezda davolashga kirishilsa, nafaqat ko‘z olmasini organ sifatida, balki ko‘rish o‘tkirligini ham saqlab qolishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kichik o‘lchamli retinoblastomda davodan keyin ul`tratovush akustik zichligi ko‘rsatkichiga ko‘ra kal`sinat darajasi hisobiga qasallikning regressiyaga uchrashi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialining 2024 yil 12 iyundagi 75-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyat filialining 2024 yil 1 iyundagi 52-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda retinoblastomani davolash samaradorligini samarali monitoring qilish ko‘z olmasining a’zo sifatida saqlanib qolishini va bemorni sezilarli darajada samarali reabilitatsiyasini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ul`tratovush usuli yordamida bolalarni tekshirish har bir bemor uchun 70000 so‘mni tashkil qiladi va erta bosqichda davolanish paytida esa kasallikning tarqalgan bosqichlarini davolashga sarflanishi mumkin bo‘lgan 15000000-30000000 so‘m miqdorida pulni tejash imkonini beradi. Xulosa: Retinoblastoma bilan kasallangan bemorlarni ushbu usul bilan tekshiruv oqibatida ortiqcha qimmatbaho bo‘lgan tekshiruv usullaridan voz kechishish imkonini beradi.