Djumaniyazova Gulnoza Madraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonining kam uchraydigan gistologik shakllarini davolashga personallashgan yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3170.
Ilmiy rahbar: Kaxxarov Alisher Jamoliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdraxmanova Aliya Janalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Texas Universitetning MD Anderson nomli onkologik markazi (AQSh)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sut bezi saratonining kam uchraydigan gistologik shakllarini davolashdagi individual yondashuvni ishlab chiqish dan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori proliferativ faollik, yaqqol limfatsitar infil`tratsiya xamda agressiv kam differensiallashgan o‘sish modeli hisobiga medullyar va metaplastik saratonining erta metastazlanishiga olib keluvchi invaziv sut yo‘li saratoniga nisbatan maxalliy limfa tugunlarining zararlanish darajasi yuqori ekanligi isbotlangan.
sut bezi saratoni bashoratlashda o‘smaning yukori proliferativ faolligini ko‘rsatkichi metaplastik saraton uchun 22 ni tashkil qilish va papillyar saratonda yaxshiroq prognozni namoyon qilishi uchun 15 o‘rtacha o‘smaning turi va Ki-67 ning qiymatiga bog‘liqlik ekanligi aniqlangan.
kribriform saraton uch karra manfiy sut bezi saraton bilan kechadigan turining yuqori foizini tashkil qilishi va uning reseptorlar ekspressiyasi yo‘qligi xisobiga qaytalanish darajasi pastligi isbotlangan.
sut bezi metaplastik saratonida proliferatsiyaning yuqori darajasi va agressiv IGK subtiplari mavjudligi sababli qaytalanishini oldini olish uchun tez-tez monitoring o‘tkazish zarurligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonining kam uchraydigan gistologik shakllarini davolashga personallashgan yondavush bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yuqori proliferativ faollik, yaqqol limfatsitar infil`tratsiya xamda agressiv kam differensiallashgan o‘sish modeli hisobiga medullyar va metaplastik saratonining erta metastazlanishiga olib keluvchi invaziv sut yo‘li saratoniga nisbatan maxalliy limfa tugunlarining zararlanish darajasi yuqori ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 13 apreldagi 46-I-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat filialining 2024 yil 22 apreldagi 26-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Sut bezi saratonini yanada samarali tashxislash va davolash natijasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish axoli o‘rtasida nogironlik darajasini kamaytirish singari muxim ijtimoiy axamiyatga ega xisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Shuningdek, u sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy yuklamani kamaytirishi, kasalliklarning og‘ir shakllarini uzoq muddatli davolash xarajatlarini 9,0% kamaytirishi mumkin. Xulosa: Tadqiqot ma`lumotlariga asoslangan tavsiyalarni muvaffaiyatli amalga oshirish mamlakatda axoli salomatligini umumiy darajasini yaxshilashga yordam beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sut bezi saratoni bashoratlashda o‘smaning yukori proliferativ faolligini ko‘rsatkichi metaplastik saraton uchun 22 ni tashkil qilish va papillyar saratonda yaxshiroq prognozni namoyon qilishi uchun 15 o‘rtacha o‘smaning turi va Ki-67 ning qiymatiga bog‘liqlik ekanligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 13 apreldagi 46-I-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat filialining 2024 yil 22 apreldagi 26-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar bemorlarning klinik natijalari va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan individual terapevtik yondashuvlarni yaratishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davlat byudjeti mablag‘larini 9,5 foizga tejashga erishildi. Xulosa: o‘smaning turi Ki-67 darajasini hisobga olgan holda prognostik modellarni takomillashtirish bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish va kasalxonada qolish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali har bir kurs uchun 1 bemorga 8,5% byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: kribriform saraton uch karra manfiy sut bezi saraton bilan kechadigan turining yuqori foizini tashkil qilishi va uning reseptorlar ekspressiyasi yo‘qligi xisobiga qaytalanish darajasi pastligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 13 apreldagi 46-I-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat filialining 2024 yil 22 apreldagi 26-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot klinisistlarga davolash qarorlarini qabul qilish uchun yangi vositalarni taqdim etadi, shu jumladan o‘smaning `molekulyar biologik reseptorlari holatini baholash, bu kimyoterapiya, gormon terapiya va target terapiya usullarini tanlashda foydali bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy samaradorlik: davlat byudjeti mablag‘larini 7,0 foizga tejashga erishildi. Xulosa: tadqiqot terapiyani rejalashtirishda reseptorlar ekspressiyasi holatini baholashning muhimligini ta’kidlaydi, bu davolash natijalarini yaxshilash va yashovchanlik samaradorligini oshirishga imkon beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasalxonada qolish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘larining 16,0 foizini tejaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sut bezi metaplastik saratonida proliferatsiyaning yuqori darajasi va agressiv IGK subtiplari mavjudligi sababli qaytalanishini oldini olish uchun tez-tez monitoring o‘tkazish zarurligi isbotlanganligi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 13 apreldagi 46-I-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat filialining 2024 yil 22 apreldagi 26-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu tadqiqot bemorlarning hayot sifatini yanada aniq va samarali terapevtik strategiyalar orqali yaxshilaydi, bu esa nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishga va bemorlar psixologik xolatini yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorlik: yangi usulning joriy etilishi aniqroq prognozlash hisobiga davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlarning ayrim kichik guruhlari uchun samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha muolajalar va davolash usullarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: yangi usulni joriy etish, bemorlarning samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha muolajalar va davolash usullarini aniqroq bashorat qilish va kamaytirish orqali davolash xarajatlarini 15,5 foizga kamaytirish imkonini beradi;