Nurillaev Samad Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takominlashtrish”, 13.00.06 –  Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped846.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Umarov Alisher Yusubjanovich, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari emotsional-qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning mantiqiy va semantik darajalarni aniqlash, tashxislash, maqsadlarni loyihalash, tashkiliy va jarayonli o‘quv-metodik vazifalarni bajarish va  standart vaziyatlarda qo‘llash hamda o‘zini mustaqil nazorat qilish bosqichlarini dasturiy ta’minotga transformatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish mazmuni masofaviy o‘qitish modellari va xususiyatlarini hisobga olish, foydalanuvchining identifikatsiya va audintifikatsiyalash hamda dizayn va ergonomik talab xususiyatlari, tartibli va tartibsiz darajalariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbga yo‘naltirishning didaktik va dasturiy ta’minoti mazmunini kengaytirishga yo‘naltirilgan axborotni qabul qilish va qayta ishlash ko‘nikmalarini oshirish hamda  ma’lumot tarqatish usullarining o‘zaro integratsiyasi tadrijiyligini standart va nostandart vazifalarni raqamlashtirishga intensiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasining informatsion-ixtisoslashgan ontologiyasini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’minotini joriy etish hamda proporsional o‘sish darajasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini dasturiy ta’minoti rivojlantirish tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari emotsional-qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning mantiqiy va semantik darajalarni aniqlash, tashxislash, maqsadlarni loyihalash, tashkiliy va jarayonli o‘quv-metodik vazifalarni bajarish va  standart vaziyatlarda qo‘llash hamda o‘zini mustaqil nazorat qilish bosqichlarini dasturiy ta’minotga transformatsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Nazariyai kursi matematikai ibtidoi qismi I” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-yanvardagi 11-05-79/04-soni ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish mazmuni masofaviy o‘qitish modellari va xususiyatlarini hisobga olish, foydalanuvchining identifikatsiya va audintifikatsiyalash hamda dizayn va ergonomik talab xususiyatlari, tartibli va tartibsiz darajalariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Nazariyai kursi matematikai ibtidoi qismi I” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-yanvardagi 11-05-79/04-soni ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbga yo‘naltirishning didaktik va dasturiy ta’minoti mazmunini kengaytirishga yo‘naltirilgan axborotni qabul qilish va qayta ishlash ko‘nikmalarini oshirish hamda  ma’lumot tarqatish usullarining o‘zaro integratsiyasi tadrijiyligini standart va nostandart vazifalarni raqamlashtirishga intensiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Nazariyai kursi matematikai ibtidoi qismi I” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-yanvardagi 11-05-79/04-soni ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirishning  dasturiy ta’minotini  takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasining informatsion-ixtisoslashgan ontologiyasini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’minotini joriy etish hamda proporsional o‘sish darajasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Nazariyai kursi matematikai ibtidoi qismi I” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-yanvardagi 11-05-79/04-soni ma’lumotnomasi).  Natijada  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentliligini dasturiy ta’minotini rivojlantirish metodikasi va samaradorligini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish