Sadenova Gulbanu Perdebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sh.Seytov nasrining lingvopoetikasi», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2.PhD/Fil3391.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kazimbetova Ziyuar Maxsetbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sh.Seytovning individual ijodiy uslubiga xos xususiyatlarni belgilash va uning nasriy asarlaridagi til vositalarining uslubiy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sh.Seytov asarlaridagi lingvopoetik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan til vositalari, asosan individual mualliflik metaforalar, mualliflik o‘xshatishlar, metonimiya va sifatlashlar aniqlangan;
muallif badiiy asarlarida matn ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan frazeologizm, maqol va matallar, sinonimlar, antonimlar, varvarizm va vulgarizmlarning yozuvchi g‘oyasini ifodalashdagi va xarakter yaratishdagi o‘rni aniqlangan;
Sh.Seytovning “Taqdir so‘qmoqlari”, “Qochqin”, “Turnalar uchib ketdi” asarlaridagi allitteratsiya, ikkilantirilgan, takrorlangan, so‘zdagi o‘rni almashtirilgan unli va undosh tovushlar asar poetik nutqiga she’riyatga xos ohangdorlik, jozibadorlik sifatlarini olib kirganligi asoslangan.
Sh.Seytov asarlarida badiiy takror (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) va gradatsiya (fonetik gradatsiya va leksik gradatsiya) shakllari, izohlovchi so‘z xizmatidagi laqablarning qahramon ruhiy holatini va xarakterini ochib ko‘rsatish va o‘quvchiga estetik zavq berishdagi o‘rni aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sh.Seytovning nasriy asarlari tilini lingvopoetik tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sh.Seytovning individual xususiyatini ko‘rsatishda uning so‘z tanlash mahorati, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi o‘ziga xos uslubi, badiiy-estetik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyası Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005-son «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyası Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 13-yanvardagi 14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tadqiqot xulosalari nasriy asarlar tilini tahlil qilish usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida Sh.Seytov hayoti va ijodi, adabiy merosi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishda, adabiy-badiiy ekskursiya darslarini o‘tkazishda va ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi 8-01/2709-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchi Sh.Seytov asarlaridagi badiiy obrazlarning barkamol shaxs tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ham da milliy o‘zlikni anglash va tafakkurni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini bergan;
qoraqalpoq prozasida so‘z va uning badiiy-estetik vazifalari, yozuvchining badiiy tasvir vositalaridan, qoraqalpoq tilining so‘zlik lug‘atining boy imkoniyatlaridan foydalanishdagi mahorati bo‘yicha olingan natijalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida, ayniqsa, yosh ijodkorlarning mahoratini oshirishda, har xil seminar-treninglar, mahorat darslarini tashkillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 13-yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchining qahramon obrazini yaratishdagi adabiy-badiiy mahoratining ochilishiga asos bo‘lgan;
yozuvchi tomonidan o‘ziga xos poetik ijodiy usulda qo‘llangan til vositalarining badiiy matnning estetik qiymatini oshirishdagi o‘rni, fikrni obrazli, ta’sirchan, ifodali, aniq va to‘g‘ri etkazib berishdagi ahamiyati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Poeziya minutlari», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 23-yanvardagi 05-22/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikni badiiy matnning estetik qiymati bilan tanishtirish orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarning ma’daniy-ma’rifiy ahamiyatinining boyitilishiga erishilgan.