Sultanov Shoxrux Xabibullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geroin giyohvandlikning kasallikni turli bosqichlaridagi klinik-immunologik o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib90.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib 31.01.
Rasmiy opponentlar: Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismoilova Guli Amindjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli muddat davomida narkotik zaharlanish geroinli giyohvandlik bilan xastalangan bemorlar orasida abstinent va postabstinent bosqichlarida klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash, terapevtik taktika optimizatsiyasini va prognostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geroinli giyohvandlikning yetakchi belgilari rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari hamda kasallikning turli muddatlarida bo‘lgan bemorlarning PAS va AS klinikasidagi farqli xususiyatlari ochib berilgan;
OITV bilan infisirlangan geroinli giyohvandlarda abstinensiyadan keyingi holatda psixopatologik buzilishlar hisobiga erta residivlar yuzaga kelishi, asoratlanmagan bemorlarga nisbatan kuchliroq psixopatologik buzilishlar kuzatilishi asoslangan;
antidepressant dori vositalarini davolash kompleksiga kiritilishi distimik buzilishlarning me’yorlashishiga, geroinli giyohvandlikka chalingan bemorlardagi distimik buzilishlarning tashxisoti va farmakologik korreksiyasining ishlab chiqish mexanizmi shakllantirilgan;
MSKTning patologik ko‘rsatkichlari uzoq muddat geroinli giyohvandlikka chalingan bemorlarda intellektual-mnestik faoliyat xususiyatlari buzilishlarini statistik ustunlik va kompleks davolash samaradorligi isbotlaangan;
geroinli giyohvandlikda SD4+-limfotsitlarni funksional faolligining pasayishi hamda CD8+-limfotsitlar miqdorining faollashuvi asoslangan;
geroinli giyohvand bemorlardagi postabstinent holatlarni kompleks davolashda nootroplar, antidepressantlardan foydalanish orqali, sog‘lomlashtirish va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga qaratilgan davolash sxemasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geroin giyohvandlikning kasallikni turli bosqichlaridagi klinik-immunologik o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Opiy narkotiklarini qabul qiluvchi distimiyali bemorlar klinik belgilarining o‘ziga xosligi va kompleks davolash vositalarining samaradorligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 noyabrdagi 8n-d/72-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma opiy narkotiklarini qabul qiluvchi distimiyali bemorlar klinik belgilarining o‘ziga xosligi va kompleks davolash vositalarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Kognitiv buzilishlarini davolashga innovatsion yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 noyabrdagi 8n-d/72-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma geroin bilan zaharlangan narkomanlarda aniqlanadigan kognitiv buzilishlarini innovatsion davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
geroin giyohvandlikning kasallikni turli bosqichlaridagi klinik-immunologik o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati narkologik statsionari, Toshkent viloyati psixonevrologik dispanseri, Samarqand viloyati narkologik dispanseri, Toshkent shahar majburiy davolash narkologik kasalxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 oktyabrdagi 8n-z/181-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining geroinli giyohvandlik bemorlarni an’anaviy davolashga xolina al`fosterat qo‘shilishi diqqat-e’tiborni miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, qisqa va uzoq muddatli xotirani tiklanishi bilan bemorlar kognitiv faoliyatini sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi asosida bemorlarning ijtimoiy reabilitatsiyasining yaxshilanishi, davolash o‘tkazilgandan so‘ng ish kunlari sonining ortishini ta’minlash imkonini bergan.