Abdikarimova Zuxra Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan samarali foydalanish”, 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Iqt3627
Ilmiy rahbari: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Djumaniyazov Umrbek Ilhomovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan samarali foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi davlat-xususiy sheriklik aloqalarida xususiy sherikning xatarini minimallashtirish va loyihalashda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan “Maxsus loyihalashtirish kompaniyasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali institutsional mexanizmlarni takomillashtirish taklifi asoslangan;
          davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning daromadliligi, davlat byudjetiga yukini inobatga olgan holda uch xil (“qizil”, “yashil”, “sariq”) darajali tabaqalashgan loyihalarga ajratuvchi iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi va mezonlarini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
         O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish poliindekslari asosida skoring tizimi orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlatning qo‘llab-quvvatlashi holatini “etuk” (x>3,5), “rivojlangan” (2,5<x<3,5), “rivojlanayotgan” (1,5<x<2,5), “paydo bo‘layotgan” (x<1,5) mezon qiymatlariga guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv taklif etilgan;
         DXShni rivojlantirishda sheriklik loyihalari samaradorligini baholashning dinamik va statik ko‘rsatgichlari hamda 2028 yilgacha bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan samarali foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya hamda takliflar asosida:
         kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi davlat-xususiy sheriklik aloqalarida xususiy sherikning xatarini minimallashtirish, loyihalashda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan “Maxsus loyihalashtirish kompaniyasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali institutsional mexanizmlarni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 27-yanvardagi 06-16-915-son malumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida DXSh munosabatlarining institutsional mexanizmlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;  
        davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning daromadliligi, davlat byudjetiga yukini inobatga olgan holda uch xil (“qizil”, “yashil”, “sariq”) darajali tabaqalashgan  loyihalarga ajratuvchi  iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi va mezonlarini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 27-yanvardagi 06-16-915-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida DXSh mexanizmi asosida ishlayotgan KBXT subektlarini tabaqalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimi va mezonlari ishlab chiqilgan va ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash orqali KBXTda DXSh mexanizmidan foydalanishning samaradorligini yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholash imkoni yaratilgan;
        O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish poliindekslari asosida skoring tizimi orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlatning qo‘llab-quvvatlashi holatini “etuk” (x>3,5), “rivojlangan” (2,5<x<3,5), “rivojlanayotgan” (1,5<x<2,5), “paydo bo‘layotgan” (x<1,5) mezon qiymatlariga guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv taklif etilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 27-yanvardagi 06-16-915-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida davlat-xususiy sheriklik loyihalariga huquqiy-institutsional, iqtisodiy va moliyaviy yordam ko‘rinishlarini ajratilishi hamda DXSh mexanizmidan foydalanish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
        DXShni rivojlantirishda sheriklik loyihalari samaradorligini baholashning dinamik va statik ko‘rsatgichlari hamda 2028 yilgacha bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 27-yanvardagi 06-16-915-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida iqtisodiyotda umumiy investisiyalar hajmi 2028-yilga kelib optimistik senariy bo‘yicha 520 trln so‘mni tashkil etishi yoki keyingi 5 yil mobaynida 2,17 barobarga oshishi, 2028-yilda DXSh loyihalari soni 1546 taga va qiymati 5570 mlrd. so‘mga etishi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning umumiy bandlar sonidagi ulushi 84 foizga etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish