Umarova Nilufar Abdukaxor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizimlarini takomillashtirish (Sutni qayta ishlash korxonalari misolida)” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4335.
Ilmiy rahbar: Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tolipova Baxtigul Farxodovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona mahsuloti sifati va narxi, boshqaruv samaradorligi, mustahkam moliyaviy holati, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning boshqa korxonalarning o‘xshash mahsulotlariga nisbatan ustunliklarini namoyon eta olish salohiyati va undan foydalanish qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
respublikada barcha turdagi sut va pishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida raqobatbardoshlik darajasini baholashda “yaxshi” (71-100 ball), “qoniqarli” (55-70 ball) va “qoniqarsiz” (1-54 ball) chegaralarini kiritish orqali raqobatbardoshlik darajasini aniqlashning yangi tizimi taklif etilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini raqobatbardoshlik darajasini baholash uslubiyati mazkur jarayonga ta’sir etuvchi omillarning integral ta’sirini hisobga olgan holda “juda past” (0,0-0,33), “o‘rta darajada” (0,34-0,66), “yuqori daraja” (0,67-0,1) miqdoriy chegaralarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston sutni qayta ishlash korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati va mahsulotlari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchini omillari o‘rtasida bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga koʻra “sanoat korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona mahsuloti sifati va narxi, boshqaruv samaradorligi, mustahkam moliyaviy holati, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning boshqa korxonalarning o‘xshash mahsulotlariga nisbatan ustunliklarini namoyon eta olish salohiyati va undan foydalanish qobilyati nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariu-uslubiu maʻlumotlardan oliu oʻquv uurtlari talabalari ushun tavsiua etilgan “Sanoat klasterlari” nomli oʻquv qoʻllanmani tauuorlashda foudalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i) asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurtidagi talabalar “Sanoat klasterlari” bo‘yicha zamonaviy bilimlarga va keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘lishi, sanoat sohasini iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishda zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tajribalarini egallashi hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi imkoniyatlarni yaratilishi asoslab berilgan;
sutni qayta ishlash korxonalarida raqobatbardoshlik darajasini aniqlashda yaxshi
(71-100 ball), qoniqarli (55-70 ball) va qoniqarsiz (1-54 ball) chegaralarida baholash taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 20-noyabrdagi №20-107/11-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini 6 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini raqobatbardoshlik darajasini baholash uslubiyati mazkur jarayonga ta’sir etuvchi omillarning integral ta’sirini hisobga olgan holda “juda past” (0,0-0,33), “o‘rta darajada” (0,34-0,66), “yuqori daraja” (0,67-0.1) miqdoriy chegaralarni belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan “Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 20-noyabrdagi №20 107/11-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi korxonalarining ichki salohiyatini hamda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlarini 7 foizga o‘sishiga erishilgan;
O‘zbekiston sutni qayta ishlash korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati va mahsulotlari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchini omillari o‘rtasida bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar moʻljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 20-noyabrdagi №20-107/11-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari va prognozlari asosida uzoq muddatli davrdagi istiqbolli ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.