Alimxanova Nigora Alimxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2602.  
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni “01-Materiallar kirimi”, “05-Materiallarning sarflanishi”, “08-Materiallarni ustaxonadan omborga qaytarish” kabi guruhlar orqali yuritish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritishda hisob siyosatiga 2113–“Materiallar bo‘yicha me’yorlardan chetga chiqishlar” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatining yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga 2311–“Qurilish materiallarini ishlab chiqarish” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralar auditida ichki nazorat tizimini o‘rganish jarayonida avtomatlashtirilgan biznes-jarayonlarni tekshirish va faoliyat uzlyuksizligini baholash zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni “01-Materiallar kirimi”, “05-Materiallarning sarflanishi”, “08-Materiallarni ustaxonadan omborga qaytarish” kabi guruhlar orqali yuritish taklifi “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/2104-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovar-moddiy zaxiralar harakatiga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida haqqoniy hamda belgilangan tartib bo‘yicha aks ettirishda yuzaga keladigan nomuvofiqliklarning oldini olish hamda bartaraf etish imkoniyatini yaratgan;
tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritishda hisob siyosatiga 2113–“Materiallar bo‘yicha me’yorlardan chetga chiqishlar” ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/2104-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatining tovar-moddiy zaxiralari holati va harakatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va haqqoniy baholash, yuritish va aks ettirish ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatining yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga 2311–“Qurilish materiallarini ishlab chiqarish” ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/2104-son ma’lumotnomasi). Natijada, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tahliliy hisobining takomillashuviga, mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga hamda moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishiga imkoniyat yaratgan;
tovar-moddiy zaxiralar auditida ichki nazorat tizimini o‘rganish jarayonida avtomatlashtirilgan biznes-jarayonlarni tekshirish va faoliyat uzlyuksizligini baholash taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan “Auditni rejalashtirish” nomli auditorlik tashkilotining ichki standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 102-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotlaridagi mavjud potensial risk darajasini to‘g‘ri va aniq belgilash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish