Nasurova Kamolaxon Ravshanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish samaradorligini baholash metodologiyasi», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt699.
Ilmiy maslahatchi: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan Toshkent shahrida 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavkalarida ajratish taklif etilgan;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi ob’ektlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilari o‘rtacha birja narxlaridan 20 foiz arzon bo‘lgan taqdirda, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish taklif etilgan;
xisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan to‘lanmasligi taklif etilgan;
qamrov darajasi past bo‘lgan viloyatlarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi (educational reform assistance fund) tashkil qilish taklif etilgan;
maktabgacha ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida maktabgacha ta’lim tizimi qamrov darajasining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan Toshkent shahrida 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavkalarida ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 sentyabrdagi PQ-316-son «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sherikligi asosida faoliyat yurituvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi hamda maktabgacha ta’limga qamrov darajasining oshishiga imkoniyat yaratgan;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi ob’ektlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilari o‘rtacha birja narxlaridan 20 foiz arzon bo‘lgan taqdirda, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 fevraldagi PQ-65-son «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi ob’ektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat resurslarini tejash va ta’lim muassasalarini tizimli ravishda modernizatsiya qilish imkonini berdi. Bu mexanizm mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ta’lim infratuzilmasini tezda yangilashga imkon yaratilgan;
maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limi uzviyligini ta’minlash maqsadida «6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi» maxsus elektron platformasini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 maydagi PF-79-son «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi) Natijada, elektron platforma orqali tarbiyachi va o‘qituvchilar har bir bolaning rivojlanish jarayonini kuzatish, uning eng muhim ko‘nikmalarini (harflar, raqamlar, ijodiy faoliyat va h.k.) shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Bu tashabbus maktabgacha ta’lim tizimida yangi bosqichni tashkil etdi va ta’limning uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
maktabgacha va maktab ta’limi tizimini moliyalashtirishni boshqarishda ilg‘or raqamli texnologiyalardan keng va samarali foydalanish hamda bu borada inson omilini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 maydagi PF-79-son «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli platformalar va tizimlar orqali byudjet mablag‘lari, hisobotlar va sarf-xarajatlar to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
xisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan to‘lanmasligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyalanuvchilarning davomati past bo‘lgan holda byudjet mablag‘larini samarasiz sarflashni oldini olishga qaratildi. Muassasalarda ta’lim sifatiga va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Agar tarbiyalanuvchilarning davomati 40 foizdan kam bo‘lsa, bu oqibatda xodimlarga byudjet mablag‘laridan to‘lov qilinmasligi talab etilib, muassasalarda natijaga erishish uchun ishlashga bo‘lgan mas’uliyat oshishiga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida maktabgacha ta’lim tizimi qamrov darajasining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, qamrov darajasining oshishi, ta’limning sifatliligi va barqarorligi ta’minlandi, yosh avlodning maktabgacha ta’limga kengroq kirish imkoniyati yaratildi, va oilaviy ta’limning ahamiyati ortishiga olib keldi;
qamrov darajasi past bo‘lgan viloyatlarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi (educational reform assistance fund) tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024 yil 25 iyun 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda maktabgacha ta’limga bo‘lgan e’tiborni oshirish va uning sifati yaqqol yaxshilandi.