Kusekeev Bayram Kallibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish va targ‘ibotining marketing strategiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt843.
Ilmiy rahbar: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umid Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish va targ‘ibotining marketing strategiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaning tabiiy-geografik va turistik-rekreatsion resurslaridan maqsadli va turizm bozorining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini keng yo‘lga qo‘yish va sinergetik samarani ta’minlashga ko‘ra Ellikqal’a tumanida “Aqchako‘l turistik-rekreatsion klasteri”ni tashkil qilish asoslangan;
mintaqada mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar hamda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalari va turistik ahamiyatga ega boshqa ob’ektlarni kompleks yaratishga ko‘ra turizm va infratuzilma sinergetik samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada turizm xizmatlarini rivojlantirish, turistik salohiyatni keng targ‘ib qilish va turistik mahsulotlar jozibadorligini oshirishda marketing strategiyalari samaradorligiga ko‘ra ichki va tashqi bozorda targ‘ibot jarayonini faollashtirish hamda xorijiy va mahalliy axborot vositlari, turoperatorlar uchun infoturlar tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada turistik faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, investisiyalar hajmi va turistik xizmatlar kabilar korrelyasiyasiga ko‘ra xizmatlar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish va targ‘ibot qilishning marketing strategiyalarini takomillashtirish hamda xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqaning tabiiy-geografik va turistik-rekreatsion resurslaridan maqsadli va turizm bozorining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini keng yo‘lga qo‘yish va sinergetik samarani ta’minlashga ko‘ra Ellikqal’a tumanida “Aqchako‘l turistik-rekreatsion klasteri”ni tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 fevraldagi PQ-66-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-ilovasidagi “Yo‘l xaritasi”ning 15-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 20 yanvardagi 01/05-435-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mintaqada olinadigan umumiy daromadni va uning yillar davomida o‘zgarish dinamikasini baholash hamda mintaqaning jozibadorligini oshirish orqali umumiy daromadni baholash aniqlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar hamda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalari va turistik ahamiyatga ega boshqa ob’ektlarni kompleks yaratishga ko‘ra turizm va infratuzilma sinergetik samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 545-son “2022-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 20 yanvardagi 01/05-435-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sohaga oid xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini uyg‘un rivojlantirishga ko‘ra istiqbolda sohani samarali rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada turizm xizmatlarini rivojlantirish, turistik salohiyatni keng targ‘ib qilish va turmahsulotlar jozibadorligini oshirishda marketing startegiyalari samaradorligiga ko‘ra ichki va tashqi bozorda targ‘ibot jarayonini faollashtirish hamda xorijiy va mahalliy axborot vositalari, turoperatorlar uchun infoturlar tashkil qilish bo‘yicha taklif (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 5a-ilovasi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 20 yanvardagi 01/05-435-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif nomoddiy ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko‘ra xo‘jalik sub’ektlarining sinergetik samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada turistik faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, investisiyalar hajmi va turistik xizmatlar kabilar korrelyasiyasi asosida xizmatlar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 545-son “2022-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm slohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 20 yanvardagi 01/05-435-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqa imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish va turizm bozori samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.