Qosimov A’zam Azimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bilak suyaklari qayta sinishi (refraktura) va ularni davolash xususiyatlari», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib436.

Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Borzunov Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Dursunov Axmad Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda bilak suyaklari qayta sinishlarining klinik-morfologik o‘zgarishlari va regeneratsiya jarayonlari xususiyatlarini tahlil qilish asosida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalarda BSQSlari klinik ko‘rinishi qadoq hosil bo‘lish jarayonlariga bog‘liq bo‘lib, bunda osteoreparatsiyaning erta bosqichlarida qadoqlardan qon quyilishining sezilarli kechishi va qon elementlari to‘qimalarning bitish jarayonlarida katalizator rolini bajarishi, qadoqlarning so‘rilish davrida esa qon quyilishining sustroq kechishi va osteoreparatsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan;

eksperimental quyonlar BSQSlarida BSlarga nisbatan regeneratsiyaning erta bosqichlari qisqa kechishi, keyingi bosqichlarining esa uzayishi va qadoqlar hosil bo‘lishi endostal qatlamining hisobiga sodir bo‘lishi isbotlangan;

bolalar BSQSda klinik va rentgenologik belgilarga va suyaklar fiksatsiyasining bosqichma-bosqich echilishiga asoslangan davolash taktikasi regeneratsiya jarayonining o‘z vaqtida kechishini ta’minlashi isbotlangan;

bolalarda BSQSni sixli intramedulyar + Ilizarov apparati qo‘llanilgan kombinatsion osteosintez orqali suyak bo‘laklari oxirlarini bir-biriga yaqinlashtirish va mustahkam ushlab turish natijasida singan sohani ravon bitishini ta’minlanishi isbotlangan;

bolalarda BSQSda refraktura lokalizatsiyasi va davolash usulining turi inobatga olingan holda regeneratsiya mustahkamligini oshirish imkonini beruvchi immobilizatsiya muddatlari belgilangan;

bolalarda BSQSni davolash taktikasini belgilash imkonini beruvchi klinik va rentgenologik belgilarga asoslangan refrakturaning ilk ta’rifi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda BSQSlarini tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

«Bolalar suyaklari refrakturasi (klinika, tashxislash va davolash)» uslubiy tavsiya-nomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 martdagi 8n-d/44-son ma’-lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalar BSQSni davolash-tashxislash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;

bolalar BSQSni davolash taktikasini tanlash algoritmi, suyaklar sinishini tashxislash va regeneratsiya muddatiga ko‘ra davolash taktikasini tanlash hamda davolash natijalarini baholash dasturlari ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 martdagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi);

bolalarda BSQSni davolash xususiyatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent shahri 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 martdagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi). Bolalarda BSQSni davolashning yaxshi natijalari 2,5 barobarga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish