Mamayunusova Mehrangiz Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.PhD/Iqt1575
Ilmiy rahbar:Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Tuychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushini 47 foizga etkazish orqali kambag‘allikni qisqartirish strategik yo‘nalishida yangi avlod innovatsion mahsulotlarini yaratish orqali hududiy rivojlanishni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sektorida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish maqsadida “YaG‘R 3I” modelini mahallalarga joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda barcha subektlarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi kambag‘allikni qisqartirish jarayonini tezlashtirish maqsadida ilm-fan, texnologiya va biznes integratsiyasi orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda, mahalliy iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining ish bilan bandligini oshirish va kambag‘allik darajasini pasaytirish uchun davlat, biznes, jamiyat va ilmiy doiralarning birgalikda harakat qilishini rag‘batlantirish asosida to‘rtta asosiy subekt (Governance – G1, Growth – G2, Society – G3, Science – G4) guruhini integratsiyalashgan faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali samarali natijalarga erishishga qaratilgan “4GS modeli” bo‘yicha takliflar asoslangan;
moliyaviy barqarorlikni oshirish, oilaviy byudjetni optimallashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan yondashuv asosida oila daromadlarining tizimli boshqaruvi orqali “Xotirjamlik jamg‘armasi”ni shakllantirish hamda ushbu mexanizmni samarali tatbiq etish orqali kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan ichki iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlar afzaliklari dalillangan;
hududlar xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali bandlik darajasini oshirishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan “7I3F modeli” asosida kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlarining “Ketma-ketlik zanjiri” modelini joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat koʻrsatish sohasining aholi kambagʻalligini qisqartirish bilan bogʻliq muammolarning echimlari boʻyicha olingan bir qancha ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilindi:
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushini 47 foizga etkazish orqali kambag‘allikni qisqartirish strategik yo‘nalishida yangi avlod innovatsion mahsulotlarini yaratish orqali hududiy rivojlanishni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sektorida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish maqsadida “YaG‘R 3I” modelini mahallalarga joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflari Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2024 yil 13 dekabrdagi
19/00-02/04-3597-son "Nazorat rejasiga" kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi № 06/53-2-26301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud kambag‘allikka barham berish uchun mamlakatimizda kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar sirasiga kiritish mumkin bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish vazifasi belgilandi. Bunga erishish uchun 11 ta strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish lozimligi asoslangan;
hududlarda barcha subektlarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi kambag‘allikni qisqartirish jarayonini tezlashtirish maqsadida ilm-fan, texnologiya va biznes integratsiyasi orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda, mahalliy iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining ish bilan bandligini oshirish va kambag‘allik darajasini pasaytirish uchun davlat, biznes, jamiyat va ilmiy doiralarning birgalikda harakat qilishini rag‘batlantirish asosida to‘rtta asosiy subekt (Governance – G1, Growth – G2, Society – G3, Science – G4) guruhini integratsiyalashgan faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali samarali natijalarga erishishga qaratilgan “4GS modeli” bo‘yicha asoslangan takliflar Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2024 yil 13 dekabrdagi
19/00-02/04-3597-son "Nazorat rejasiga" kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi № 06/53-2-26301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada guruhlarga aholining kambag‘al qatlami, mahalla va kambag‘allik bilan shug‘ullanadigan muassasalar, ta’lim sohasi va ish beruvchilar hamda mamlakat Prezidenti va davlat idoralari kiritilgan va ularni hamkorlikda mav’uliyat bilan faoliyat ko‘rsatish lozimligi isbotlangan;
moliyaviy barqarorlikni oshirish, oilaviy byudjetni optimallashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan yondashuv asosida oila daromadlarining tizimli boshqaruvi orqali “Xotirjamlik jamg‘armasi”ni shakllantirish hamda ushbu mexanizmni samarali tatbiq etish orqali kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan ichki iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlar dalillangan afzaliklari Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2024 yil 13 dekabrdagi 19/00-02/04-3597-son "Nazorat rejasiga" kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi № 06/53-2-26301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilaning daromadi ish haqi va mulkni ishlatishdan olinadigan daromadlar asosidashakllanishi va undan tizimli ravishda har oyda oilaning xarajatlaridan orttirgan holda “Xotirjamlik jamg‘armasi”ga mablag‘ni qo‘yib borish tizimi ishlab chiqilgan;
hududlar xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali bandlik darajasini oshirishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan “7I3F modeli” asosida kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlarining “Ketma-ketlik zanjiri” modelini joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflari Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2024 yil 13 dekabrdagi 19/00-02/04-3597-son "Nazorat rejasiga" kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi
№ 06/53-2-26301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bularning o‘zaro bog‘liqligi kambag‘allikni qisqartirishga erishish imkonini berishi ham isbotlangan.