Xusanov Xabibullo Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlashda milliy-madaniy markazlarning o‘rni (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida, 1989-2021-yillar)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar404
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01..
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor; Yusupova Sevara Nizomitdinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1989-2021-yillarda Andijon, Namangan, Farg‘ona va viloyatlaridagi millatlarararo munosabatlar tarixi hamda mintaqadagi milliy madaniyat markazlar bo‘limlarining xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikni hamda jipslikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni tarixiylik aspektida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Farg‘ona vodiysida 1989 yili ro‘y bergan o‘zbek va mesxeti turklari o‘rtasidagi “Farg‘ona fojiasi”ning etilganligi, bu millatlararo nizoni sobiq Ittifoqning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan mafkuraviy jamiyatida olib borgan sovet milliy siyosatining mantiqiy oqibati bo‘lganligi, markaz rahbariyatining xalqlar orasidagi mojaroni avvaldan puxta o‘ylagan “rejalari”ga aynan mos bo‘lgan qo‘poruvchilik harakati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
O‘zbekiston hukumatining mintaqada istiqlol yillari olib borgan oqilona milliy siyosati tufayli turli millat va elatlarning bu erda do‘stona, ahil hayot kechirishiga mustahkam zamin yaratilganligi bois ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanganligi, bu esa mamlakatning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga yaqindan ta’sir ko‘rsatganligi, Farg‘ona vodiysining barcha millat va elatlar uchun “Yagona Vatan va yagona makon” ekanligi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi qonun bilan kafolatlanganligi, har bir xalqlarning erkin yashashi, faoliyati va madaniy ravnaqi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ko‘rsatilgan;
Yangi O‘zbekistonning tarkibiy qismi bo‘lgan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida millatlararo totuvlik munosabatlarining barqarorlashuviga oid o‘tkazilgan modernizatsion chora-tadbirlarning ortib borganligi, O‘zbekiston nemis madaniyat markazi “Wiedergeburt”ning Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan “Biz bir daraxtning novdalarimiz” nomli ezgu shior ostida festival`, konsert va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi, bo‘limda yosh avlodni nemis tili, vokal, aktyorlik mahorati, amaliy va tasviriy san’at sirlarini puxta o‘rganishi natijasida hududda xalqlar hamjihatligini ta’minlashga to‘la ma’noda erishilganligi asoslangan;
mintaqada tatarlarning “Sabanto‘y” milliy bayramini o‘zbeklarning “Mehrjon” hosil bayramiga aynan o‘xshash ekanligi, koreyslarning “Tano” hamda “Ovol-Dano” bayramlarini o‘tkazish an’anaga aylanib borgani, millatlararo hamjihatlik, do‘stlik va o‘zaro yordam tamoyillarini kundalik turmushga singdirishda Andijondagi uyg‘ur, arman hamda Namangandagi rus, tojik, koreys markazlar bo‘limlari tomonidan madaniy-ma’rifiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barobarida muhim festivallar o‘tkazilgani, madaniyat kunlarining nishonlanishi, an’anaviy o‘tkazilishi xalqlar milliy urf-odatlari, an’analari, madaniyatini tiklashga hamda assimilyasiyasiga ta’sir qilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1989-2021-yillarda Farg‘ona vodiysidagi millatlararo totuvlikni ta’minlashda milliy madaniyat markazlar bo‘limlari faoliyati tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysida 1989 yili ro‘y bergan o‘zbek va mesxeti turklari o‘rtasidagi “Farg‘ona fojiasi”ning etilganligi, bu millatlararo nizoni sobiq Ittifoqning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan mafkuraviy jamiyatida olib borgan sovet milliy siyosatining mantiqiy oqibati bo‘lganligi, markaz rahbariyatining xalqlar orasidagi mojaroni avvaldan puxta o‘ylagan “rejalari”ga aynan mos bo‘lgan qo‘poruvchilik harakati bilan bog‘liqligiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar va davra suhbatlarini o‘tkazishda atroflicha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 26 martdagi 14-07-509-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan mazkur materiallar yosh avlodning O‘zbekistonda tarixan qaror topgan millatlararo munosabablarning mazmun-mohiyatini va tarixini yanada teran anglashiga hissa qo‘shgan;
mustaqillik yillari Farg‘ona vodiysida olib borilgan oqilona hukumat milliy siyosati tufayli turli millat va elatlarning bu erda do‘stona, ahil hayot kechirishiga mustahkam zamin yaratilishi barobarida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanganligi, bu esa O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga muhim ta’sir ko‘rsatganligi, mintaqaning barcha millat va elatlar uchun “Yagona Vatan va yagona makon” ekanligi, barcha fuqarolar teng huquqliligining qonun yo‘li bilan kafolatlanganligi hamda milliy madaniy markazlarning faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-69-son “Millatlararo hamjihatlik va do‘stlik aloqalari” mavzusidagi ilmiy loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 10 yanvardagi 01-09/972-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida mazkur materiallardan atroflicha foydalanilishi Farg‘ona vodiysidagi millatlararo munosabatlar, milliy madaniy markazlar faoliyati bo‘yicha yangi tarixiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritilishiga ko‘mak bergan;
O‘zbekiston nemislarining “Wiedergeburt” milliy madaniy markazi faoliyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Germaniya Federativ Respublikasi, Bremen shahridagi A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH nomli ilmiy markazning hisobotlarini tarixiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishda atroflicha foydalanilgan (Bremendagi Ausbildung und Arbeit Plus GmbH markazining 2024 yil 21 fevraldagi tegishli sertifikati). Natijada markaz hisobotida Yangi O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida millatlararo totuvlik munosabatlarining barqarorlashuviga oid o‘tkazilgan modernizatsion chora-tadbirlarning ortib borganligi, “Wiedergeburt”ning Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan “Biz bir daraxtning novdalarimiz” nomli ezgu shior ostida festival, konsert va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi, bo‘limda yosh avlodni nemis tili, vokal, aktyorlik mahorati, amaliy va tasviriy san’at sirlarini puxta o‘rganishi natijasida hududda xalqlar hamjihatligini ta’minlashga to‘la ma’noda erishilganligini yangi ma’lumotlar bilan mukammallashtirishga yordam bergan;
mintaqada tatarlarning “Sabanto‘y” milliy bayramini o‘zbeklarning “Mehrjon” hosil bayramiga aynan o‘xshash ekanligi, koreyslarning “Tano” hamda “Ovol-Dano” bayramlarini o‘tkazish tobora an’anaga aylanib borgani, millatlararo hamjihatlik, do‘stlik va o‘zaro yordam tamoyillarini kundalik turmushga singdirishda Andijondagi uyg‘ur, arman hamda Namangandagi rus, tojik, koreys markazlar bo‘limlari tomonidan madaniy-ma’rifiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barobarida muhim festivallar o‘tkazilganiga oid tadqiqotning ilmiy xulosalaridan Respublika Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar va davra suhbatlarini o‘tkazishda atroflicha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 26 martdagi 14-07-509-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar millatlararo munosabatlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkillashtirishga xizmat qilgan.