Suleymanov Muhammad Amin Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “adaptiv moslama yordamida gimnastikachilarni halqada bajariladigan mashqlarga o‘rgatish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1852
Ilmiy rahbar: Eshtaev Sergey Anvarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Karimov Xojiakbar Axtamqulovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Finlandiya pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adaptiv uskunalarni ishlab chiqish asosida gimnastikachilarni halqalarda bajariladigan tebranish va kuch mashqlar texnikasini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport gimnastikachilarning xalqada ishlash parametrlariga mutanosib bo‘lishi uchun bajariladigan elementlarni o‘zlashtirish muddatini qisqartirish va harakatdagi bir toifa elementdan ikkinchi toifa elementlarga o‘tishga qaratilgan metodikani ishlab chiqish hisobiga xalqada olib boriladigan texnik harakatlarni uzlyuksiz bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali sport gimnastikachilarini texnik xatolarini bartaraf etish uchun adaptiv moslama yordamida krest elementini o‘zlashtirish vaqtini qisqartirish, qiymatini oshirish, aniq bajarish, quvvat zahirasini taqsimlash hisobiga maxsus elementlarni bajarish orqali yuqori bal yig‘ish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport gimnastikachilarning maxsus dinamik harakatlarini takomillashtirish uchun halqada tebranish harakatlarini maxsus trenajor yordamida o‘rgatish kompleksiga (elka kamarida aylanish, katta aylanish, ikkitalik aylanish) elemetlarni singdirish evaziga texnik elementlarni o‘zlashtirish, engil, o‘rta va og‘ir darajasini aniqlash imkoniyatlari oshirilgan;
sport gimnastikachilarning ausotonik harakatlarini takomillashtirish maqsadida mashg‘ulotlarini tashkil qilishda halqalarda bajariladigan statik elementlarni og‘irlik vazni sportchilar vazniga nisbatan taqsimlab mashg‘ulotning asosiy tayyorgarlik qismida qo‘llash hisobiga gimnastikachilarni kuch orqali bajariladigan maxus elementlarni bajarish texnikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gimnastikachilarning halqada tebranish va statik elementlari texnikasini adaptiv turdagi o‘quv moslamalaridan foydalanish yordamida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida:
sport gimnastikachilarning xalqada ishlash parametrlariga mutanosib bo‘lishi uchun bajariladigan elementlarni o‘zlashtirish muddatini qisqartirish va harakatdagi bir toifa elementdan ikkinchi toifa elementlarga o‘tishga qaratilgan metodikani qo‘llash bo‘yicha takliflar Samarqand hamda Farg‘ona gimnastika sport turiga ixtisoslangan maktabining sport gimnastika mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 04-07-08/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport gimnastikachilarda halqada bajariladigan kombinatsiya yig‘indisi 8,14% dan 14,3% ga yaxshilangan;
yuqori malakali sport gimnastikachilarini texnik xatolarini bartaraf etish uchun adaptiv moslama yordamida krest elementini bajarish vaqtini qisqartirish, qiymatini oshirish, aniq bajarish, quvvat zahirasini taxsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 04-07-08/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada, gimnastikachilarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish uchun adaptiv moslama vositalarni qo‘llash natijasida maxsus kuch tayyorgarligi 6,18%dan 12,8%ga, hamda sportchilarning texnik tayyorgarlik darajasi 7,34%dan 16,4%ga oshirilgan;
sport gimnastikachilarning maxsus dinamik harakatlarini takomillashtirish uchun halqada tebranish harakatlarini trenajor yordamida o‘rgatish kompleksiga (elka kamarida aylanish, katta aylanish, ikkitalik aylanish) elemetlarni singdirishni qo‘llash bo‘yicha takliflar gimnastika bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktabining sport gimnastika o‘quv mashg‘ulotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 04-07-08/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada, gimnastikachilarning halqada bajariladigan elementlarni o‘zlashtirish texnik qobilyatlari 8,3% dan 20,8% ga, maxsus kuch sifatlari esa 9,13%dan 18,6%ga o‘sish imkoniyati kengaytirilgan;
sport gimnastikachilarning auksotonik harakatlarini takomillashtirish maqsadida mashg‘ulotlarini tashkil qilishda halqalarda bajariladigan statik elementlarni og‘irlik vazni sportchining vazniga nisbatan taqsimlab mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quv mashg‘ulot jarayiniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 04-07-08/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv mashgulot jarayoning halqada bajariladigan harakatlar zichligi 46,4%dan 69,2%ga, mashg‘ulotning o‘rtacha zichligi esa 47,4% dan 53,8% ga, kuch va maxsus kuch sifatlari 6,4% dan 12,8 % oshirilgan.