Umarov Bekzod Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish” (malakaviy amaliyot misolida), 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped5196.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyaev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion yondashuvga ustuvorlik berish maqbulligini rivojlantirishga qaratilgan raqamli texnologiyalarning didaktik talablariga moslashtirish, qiyosiy loyihalashtirish, tahliliy prognozlash va malakaviy amaliyotga oid pedagogik strategiyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish samaradorligi malakaviy amaliyotni tashkil etish natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan masofaviy ta’limning o‘ziga xos moslashuvchanlik, modullilik, parallelik, keng qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda amaliyot maqsad, vazifa va mazmunni ta’limiy maqsadlarga raqamli transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli aralash ta’lim xususiyatlarini uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim oluvchining intellektual imkoniyatlarini hisobga olish, informatsion yondashuvlar, amaliyotga yo‘naltirilganlik, interaktivlik, ko‘rgazmalilik, hamkorlikda ishlash tamoyillariga ustuvorlik berish hamda  texnologik va axborot tahlil jarayonlarini raqamli kontentlar bilan bosqichma-bosqich boyitish asosida takomillashtirilgan;
raqamli amaliyot platformasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi kreativlik, ijodkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi nostandart muammoli topshiriqlarni kiritish va videokonferensiya, virtual zal, AR interaktiv taqdimot tizimlaridan ratsional foydalanish hamda o‘quv amaliyotini baholash mezon va darajalariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion yondashuvga ustuvorlik berish maqbulligini rivojlantirishga qaratilgan raqamli texnologiyalarning didaktik talablariga moslashtirish, qiyosiy loyihalashtirish, tahliliy prognozlash va malakaviy amaliyotga oid pedagogik strategiyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Kompyuter tarmoqlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7570 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning raqamli texnologiyalarga oid kompetensiyalari rivojlanishiga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish samaradorligi malakaviy amaliyotni tashkil etish natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan masofaviy ta’limning o‘ziga xos moslashuvchanlik, modullilik, parallelik, keng qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda amaliyot maqsad, vazifa va mazmunni ta’limiy maqsadlarga raqamli transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kompyuter tarmoqlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7570 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning malaka amaliyot mazmunidagi vazifalarni bajarish raqamli transformatsiyalashishga erishilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli aralash ta’lim xususiyatlarini uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim oluvchining intellektual imkoniyatlarini hisobga olish, informatsion yondashuvlar, amaliyotga yo‘naltirilganlik, interaktivlik, ko‘rgazmalilik, hamkorlikda ishlash tamoyillariga ustuvorlik berish hamda  texnologik va axborot tahlil jarayonlarini raqamli kontentlar bilan bosqichma-bosqich boyitish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tizimli dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7570 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning raqamli texnologiyalardan foydalanishning intellektual imkoniyatlari kengaytirilgan;
raqamli amaliyot platformasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi kreativlik, ijodkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi nostandart muammoli topshiriqlarni kiritish va videokonferensiya, virtual zal, AR interaktiv taqdimot tizimlaridan ratsional foydalanish hamda o‘quv amaliyotini baholash mezon va darajalariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tizimli dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7570 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ta’limni axborotlashtirish sharoitida raqamli texnologiyalar vositasida kasbiy kompetentligining rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish