Xamidxanov Bahodirxon Komil o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning ijtimoiy-mafkuraviy omillari”, 09.00.05 - Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1258.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod, falsafa fanlari doktori, professor; Safarov Abduxalil, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarining intellektual salohiyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy omillari, uni amalga oshirish shakllari va istiqbolli yo‘nalishlarini siyosiy tahlil qilishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual salohiyatning tashuvchilari va manbalari  turli xil bilimlar, g‘oyalar va ma’lumotlarni olib kirishga ochiqligi va iqtisodiyotning ularni samarali qayta ishlash qobiliyatiga bog‘liqligi ochib berilgan;
jamiyatdagi transformatsion o‘zgarishlar davrida intellektual salohiyat - jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy bog‘liqlik, rivojlanish istiqbollarini beliglovchi, siyosatda amaliy qarorlar qabul qilishdagi  konstruktiv manba, omil, sabab va harakatlantiruvchi kuch sifatida asoslab berilgan;
intellektual salohiyatni oshirishdagi barqaror va keng ko‘lamli investisiyalar o‘sishining ishonchli manbai bu ichki omil, ichki iste’molning o‘sishi, intellektual salohiyatini oshirish ehtiyojti ekani ochib berilgan;
yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga turli guruhlar omillarining ta’sirini o‘rganish, o‘zgarishlar manbalari aniqlanib, endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) omillar yoki bir vaqtning o‘zida ikkalasining mavjudligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishning ma’naviy-mafkuraviy negizlarini tadqiq qilish  bo‘yicha tavsiya va takliflar asosida:
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual salohiyatning tashuvchilari va manbalari,  turli xil bilimlar, g‘oyalar va ma’lumotlarni olib kirishga ochiqligi va iqtisodiyotning ularni samarali qayta ishlash qobiliyatiga bog‘liqligi ochib berilgan bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining  Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining qonun ijodkorligi va parlament nazorati faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining  Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024 yil 2 fevraldagi 04/9-10-05-son ma’lumotnomasi). Natijada  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023 yil oktyabrdagi “Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish natijasi to‘g‘risida”gi 04/9-10-06 -son qarorini tayyorlashda hamda ulardagi vazifalarni belgilashga xizmat qilgan;
jamiyatdagi transformatsion o‘zgarishlar davrida intellektual salohiyat - jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy bog‘liqlik, rivojlanish istiqbollarini beliglovchi, siyosatda amaliy qarorlar qabul qilishdagi  konstruktiv manba, omil, sabab va harakatlantiruvchi kuch sifatida asoslab berilgani bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasining 53-bandida ko‘zda tutilgan “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirish” yo‘nalishida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 5 fevraldagi 01-21-340-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda rivojlanish istiqbollarini belgilovchi, siyosatda konstruktiv manba, amaliy qarorlar qabul qilishda omil, sabab va harakatlantiruvchi kuch sifatida asoslanadigan ijtimoiy-madaniy aloqa, tashuvchilarimiz va manbalarimiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi aqliy imkoniyatlar turli bilimlarning egalari, g‘oyalar va ma’lumotlarni joriy etish, g‘oyalari asosida mamlakatimizda yoshlarning aqliy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati, ularning ongida ma’rifatli jamiyatni targ‘ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
intellektual salohiyatni oshirishdagi barqaror va keng ko‘lamli investisiyalar o‘sishining ishonchli manbai bu ichki omil, ichki iste’molning o‘sishi, intellektual salohiyatini oshirish ehtiyojti ekani ochib berilgani bilan bog‘liq ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining faoliyatida foydalanildi (Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024 yil 7 fevraldagi 265/20-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning yoshlarning keng bilim va tafakkur sohiyatilariga aylantirish, ahaolining intellektual salohiyatini oshirish hamda jamiyatda ziyoliylar qatlamining ortib borishini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot, tashviqot va ilmiy faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;   
yoshlar va kattalarning muloqot makonini tashkil etish intellektual salohiyatni zamonaviy mafkuraviy indikatorlar orqali aniqlash, asrash va davomiyligini ta’minlashning ma’naviy asosi, kattalarning ijtimoiy faolligini zamon ruhi bilan bog;liq holda saqlash, yoshlarga ibrat bo‘lish maktabi ekanligiga oid ilmiy g‘oyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024 yil 14 iyundagi 6-232-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya tizimidagi xodimlarning yoshlar bilan ishlash faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish