Jumanazarova Zuhraxon Qosimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari);
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1496
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika  fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xanbabaev Hakimjon Ikromovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Kayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari dokrtori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasalarida muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish asosida kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning fanlararo yani informatika va mutaxassislik fanlari asosida texnologik mashinalarni loyhalashtirish tizimlari fanlarini integratsiyani ta’minlash, oliy ta’limda texnik ta’lim yo‘nalishlari uchun kompetentli yondashuvlar asosida mazmunan rivojlantirilgan;
bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasini o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, ta’lim metodlari, shakllari, diagnostik va natijaviy komponentlar uzviyligida uzlyuksizlik, izchillik, kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasini o‘qitish asosida kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda ta’lim metodlari (hamkorlikda o‘qitish, namoiyish, to‘rt pog‘onalik, 3D modeli) hamda kompyuter dasturlaridan (AutoCAD, Soldworks dan) foydalanib pedagogik va texnik dasturiy ishlanmalar yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish asosida kasbiy tayyorgarligini rivojlanganlik darajalari kognitiv, motivatsion-qadriyatli, akseologik va refleksiv mezonlar bo‘yicha baholanishi statistik tahlilning optimallashtirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning fanlararo integratsiyasini ta’minlash, metodologik va kompetentli yondashuvlar asosida mazmunan rivojlantirishga oid takliflardan texnik oliy ta’lim muassasalari uchun “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan ( Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-sonli buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan; texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga muhandislik va kompyuter grafikasini o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi integrativ va interfaol ta’lim metodlari hamda kompyuter dasturlaridan (AutoCAD, Soldworks) foydalanib pedagogik va texnik daturiy ishlanmalar yaratish asosida takomillashtirish, muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlanganlik darajalari va vositalari, kognitiv, motivatsion-qadriyatli, akseologik va refleksiv mezonlar bo‘yicha baholash bo‘yicha berilgan takliflardan pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishda foydalanilib, Jizzax politexnika instituti va Andijon qishloqho‘jalik va agrotexnologiya  instituti hamda Namangan muxandislik – texnologiya institutlarida 700 000 -  “Muhandislik, ishlov berish va qurish sohalari” ta’lim yo‘nalishlarida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024 yil 28 martgi 2/17-2024-506-024 -son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan metodika professional ta’limda muhandislik va kompyuter grafikasi fanini o‘qitishning sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan. Tadqiqotimiz natijasida, barcha tajriba-sinov maydonchalari sifatida tanlab olingan OTM  tajriba-sinov ishlari nihoyasida, tajriba guruhidagi talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 1,14 (14%) yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish