Mamatmurodov Sharofjon Xudoyarovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mehnat huquqi fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4504
Ilmiy rahbar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Murodov Toxir Baxramovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mehnat huquqi fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Mehnat huquqi” fani mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi talabaning bilimini kompleks rivojlanishini ta’minlovchi kompetensiya va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan masofaviy, individual va hamkorlik kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni bajarishda sarflanadigan jismoniy mehnat hajmini me’yorlashtirish elektron va masofaviy ta’lim vositalaridan keng foydalanish, mustaqil ta’lim topshiriqlarini raqamlashtirish orqali samarali ekanligi asoslangan;
mustaqil ta’limni tashkil etishning an’anaviy hamda dual ta’limga asoslangan oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarishda tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha talaba bevosita o‘zi yoki o‘qituvchi rahbarligida bajaradigan mustaqil ishiga sarflaydigan vaqt resursini me’yorlash va joriy etish mexanizm ishlab chiqilgan;
axborot va normativ hujjatlar bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, muammolarga echim topish, vaqtni boshqarish, o‘z-o‘zini baholash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mehnat huquqi fanini o‘qitish va amaliy faoliyatga tayyorlashning metodik modeli asoslash va joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Mehnat huquqi” fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Mehnat huquqi” fani mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi talabaning bilimini kompleks rivojlanishini ta’minlovchi kompetensiya va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan masofaviy, individual va hamkorlik kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Namangan to‘qimachilik sanoati institutining 2024-yil 1 iyuldagi hamda Jizzax politexnika institutining 2024 yil 20 iyundagi dalolatnomalari). Natijada mehnat huquqi fanining o‘quv dasturiga mehnat munosabatlariga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi normalar kiritilishi ta’minlangan;
mustaqil ta’limni bajarishda sarflanadigan jismoniy mehnat hajmini me’yorlashtirish elektron va masofaviy ta’lim vositalaridan keng foydalanish, mustaqil ta’lim topshiriqlarini raqamlashtirish orqali samarali ekanligi asoslanganligi hamda mustaqil ta’limni tashkil etishning an’anaviy hamda dual ta’limga asoslangan oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarishda tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha talaba bevosita o‘zi yoki o‘qituvchi rahbarligida bajaradigan mustaqil ishiga sarflaydigan vaqt resursini me’yorlash va joriy etish mexanizmi ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil
29 apreldagi 136 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartib”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2024 yil 8 iyuldagi 10/10-1922-son dalolatnomasi). Natijada, fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim topshiriqlari, mavzu va vazifalarini shakllantirishda talabaning vaqt me’yoriga amal qilish tartibi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan;
axborot va normativ hujjatlar bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, muammolarga echim topish, vaqtni boshqarish, o‘z-o‘zini baholash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mehnat huquqi fanini o‘qitish va amaliy faoliyatga tayyorlashning metodik modeli asoslash va joriy etish orqali takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2024 yil 3 iyuldagi 3-11-21-3468-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlarining o‘z kasbini egallashda mehnat qonunchiligini bilish, kasbiy malakalarni egallashda “huquqiy bilim”, “munosabat”, “huquqiy madaniyat”ga asoslangan qoidani kiritish orqali kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish ishlarini samarali tashkil qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish