Bekpolatova Baxtigul Madireymovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lagoxilin va lagoxirzinning biologik faol hosilalari sintezi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K465.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.K/B.91.03.
Rasmiy opponentlar: Abdulladjanova Nodira Gulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor; Mamadalieva Nilufar Zokirjonovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lagoxilin diterpenoidining yangi hosilalarini sintez qilish va kristallarini olish usullarini ishlab chiqish, supramolekulyar komplekslarini olish va ularning kimyoviy tuzilishlari hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lagochilus inebrians Bunge o‘simlikdan ajratib olingan lagoxilin diterpenoidi asosida ilk bor 18-norgidroksimetilen-3-O-3’;3-O-18’dilagoxirzin sintez qilingan va monokristalini olish usuli ishlab chiqilgan hamda RTT, PMR va mass-spektrometriya usullari asosida unung kimyoviy tuzilishi isbotlangan;
18-Norgidroksimetilen-3-O-3՛; 3-O-18՛-dilagoxirzin sintezi mexanizmi aniqlangan va ushbu jarayonida bir molekula suv bilan birga bir molekula metil spirti ajralib chiqishi hamda natijada 3-O-3’; 3-O-18’ bog‘ining hosil bo‘lishi asoslab berilgan, uning kristall tuzilishi rombik kristall tuzilishga ega ekanligi isbotlangan;
lagoxirzin, lagoxirzidin, 15,16,18-triatsetillagoxilin, lagoxilintetraformiat, di-(O,O'-tsiklogeksiliden)lagoxilinlarning monokristallarini olish usullari ishlab chiqilgan va kimyoviy tuzilishlari RTT usuli asosida tasdiqlanib, kristall panjaralari rombik tuzilishga ega ekanligi isbotlangan;
lagoxirzinning GK hamda GKning monoammoniyli tuzlari bilan har xil molyar nisbatlardagi supramolekulyar komplekslari olinigan va ularning kimyoviy tuzilishlari IQ, UB spektroskopiya usullari asosida UB spekrlarida maksimum nur yutishi 3-5nm katta to‘lqin uzunligiga siljishi bilan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lagoxilin diterpenoidining yangi hosilalarini sintez qilish va kristallarini olish va ularning kimyoviy tuzilishlari hamda biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diterpenoid lagoxilinning lagoxirzin, lagoxirzidin, 15,16,18-triatsetillagoxilin, monokristallari olinib, tahlil qilingan va Kembridjning kristallografik bazasiga XATPEO, MUFVOY, EKIQEU, maxsus kodlari bilan kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk). Natijada, ushbu qator birikmalarining monokristallarni olish usullaridan keng foydalanish imkonini bergan;
lagoxilin diterpenoidining tetraformiati, di-(O,O'-tsiklogeksiliden)-lagoxilin va 18-norgidroksimetilen-3-O-3՛;3-O-18՛-dilagoxirzinlarning monokristallari olingan va Kembridjning kristallografik bazasiga EKIQIY, MUFVUE, LOFHIX maxsus kodlari bilan kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk). Natijada, ushbu kristallarni olish usullari hamda ularning kimyoviy tuzilishlaridan kimyogar olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar keng foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish