Jabbarova Latofat Tulkinjonovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanish tamoyillari (XX asr ikkinchi yarmi-XXI asr boshlari”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San173.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Munisa Sabirovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD.08/09.07.2020.San.118.01.   
Rasmiy opponentlar: Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Binafsha Nodir, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanish tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda tarixiy binolardan muzey sifatida foydalanilish tajribasining shakllangani (XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi), muzeylar uchun maxsus binolar qurilishi amaliyotining rivojlanganligi (XX asr ikkinchi yarmi), muzey arxitekturasi dizayni ko‘p funksiyali (doimiy ekspozisiya, vaqtinchalik ko‘rgazmalar maydoni, zahiraxonalar, restavratsiya laboratoriyalari, kutubxona, art do‘konlar va restoranlar) makonga ega majmuaviy art obekt sifatida (XXI asr boshi) takomillashgani dalillangan;  
XX asr ikkinchi yarmidan muzeylar ekspozisiyasi dizaynida tarixiy-badiiy jarayonlar muhitini to‘loqonli aks ettirish maqsadida xronologik tartibda tuzilgan klassik va tematik ekspozisiyalar joriy etilgani, panoramalar tabiiy echimdagi naturalistik dizayn uslubi bilan cheklanilganligi, ko‘chma ko‘rgazmalarning konstruksion echimlarida illyustrativ-tematik panno, yordamchi ekspozision materiallar sifatida diorama, plakat hamda informativ etiketajlardan foydalanilganligi aniqlangan;
dekonstruktivizm, grin va kiberpank uslublaridagi loyihalarning muzeylar faoliyatiga tadbiq etilishi muzey arxitekturasi dizaynida faol qo‘llanilgan klassik, neoklatsizm uslublaridan cheklanish, konstruktivizm, funksionalizm, modernizm yo‘nalishlarining takomillashishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda muzey ekspozision muhiti dastlab tarixiy binolar intererida tashkil etilgan o‘lkashunoslik muzeylari ekspozisiyasi, keyinchalik muzey dizayni ergonomikasi negizida modullarga asoslangan tizim estetik va funksional badiiy muzeylar faoliyati asosida rivojlanganligi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlari O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanish tamoyillari ilmiy tadqiqot ishini o‘rganish yuzasidan olingan quyidagi ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmiga qadar tarixiy binolardan muzey sifatida foydalanilish tajribasining shakllangani, XX asr ikkinchi yarmidan boshlab muzeylar uchun maxsus binolarni qurilishi amaliyotining rivojlanganligi va keyinchalik harbiy-tarixiy, badiiy muzeylar uchun maxsus muzey binolar qurilganligi bo‘yicha olingan natijalardan “Muzey dizayni” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil  28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-354 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qo‘llanma O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanishiga doir ilmiy-tadqiqot materiallari bilan boyitilishi, muzey arxitekturasi dizayniga oid badiiy jarayonlarni qo‘shimcha manbalar to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
XX asr ikkinchi yarmidan muzeylar ekspozisiyasi dizaynida klassik va tematik ekspozisiyalar joriy etilgani, ko‘chma ko‘rgazmalarning konstruksion echimlarida illyustrativ-tematik panno, yordamchi ekspozision materiallar sifatida diorama, plakat hamda inoformativ etiketajlar muhim omil bo‘lganligiga oid natijalardan “Tasviriy va amaliy san’at terminlarining o‘zbek va ingliz tillaridagi elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2022-yil 21-dekabrdagi CL88713143-son dalolatnomasi). Natijada grant loyihasi muzey dizayni va ekspozisiyasiga oid atamalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
dekonstruktivizm, grin va kiberpank uslublaridagi loyihalarning muzeylar faoliyatiga tadbiq etilishi muzey arxitekturasi dizaynida faol qo‘llanilgan klassik, neoklatsizm uslublaridan cheklanish, konstruktivizm, funksionalizm, modernizm yo‘nalishlarining takomillashganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix va yangi talqin” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 16-fevraldagi 01-06-393-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv muzeylar arxitekturasining yaratilish tarixi, rivojlanish jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilgan;
O‘zbekistonda muzey ekspozision muhiti dastlab tarixiy binolar intererida tashkil etilgan o‘lkashunoslik muzeylari ekspozisiyasi, keyinchalik muzey dizayni ergonomikasi negizida modullarga asoslangan tizim estetik va funksional badiiy muzeylar faoliyati asosida rivojlanganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil  25-martdagi 06-31-647-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariysining muzeylar yaratilish tarixi, rivojlanish va tarixiy bosqichlari, ekspozisiyasining takomillashuv jarayonlariga oid ma’lumotlar kengaytirilishiga xizmat qilgan.

   

Yangiliklarga obuna bo‘lish