Muxamedova Diyorabegim Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metodi mejkadrovogo kodirovaniya videopotokov dlya sistem veshhatel`nogo i prikladnogo televideniya”, 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.1.PhD/T4351.
Ilmiy rahbar: Gavrilov Igor Aleksandrovich, dotsent, texnika fanlari nomzodi
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Yarmuxamedov Alisher Agbarovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzatish va amaliy televidenie tizimlari uchun videoobektlarni chiziqli harakati yuqori tezliklariga ega videosyujetlarni kadrlararo kodlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘sag‘aviy binarizatsiyalash usullaridan ko‘ra, obekt konturlarini ajratishda katta aniqlikni ta’minlaydigan, piksel qiymatlari foydalanishga asoslangan ikkilik tasvirlarni shakillantirishning yuqori tezlikdagi usuli ishlab chiqilgan;
butun kadr maydoni bo‘ylab real vaqtda harakat kompensatsiyasini ta’minlaydigan, video obektlarning perimetri, maydoni, shakl koeffisienti va massalar markazi kabi parametrlaridan foydalangan holda tez harakatlanuvchi obektlarning chiziqli harakatining konturli baholash usuli ishlab chiqilgan;
obektlarning chiziqli harakatining yuqori tezligi bo‘lgan sahnalarda butun kadr maydoni bo‘ylab eng yaxshi tasvir sifatini ta’minlaydigan, obektlar harakati uchun kontur kompensatsiyasiga asoslangan kadrlararo kodlash qurilmasining tuzilish sxemasi ishlab chiqilgan;
tez harakatlanadigan sahnalarda kompensatsiyalangan kadrlararo farqdan foydalangan holda, video oqimlarini 1,1-1,5 baravar siqishni oshirishga imkon beradigan veyvlet video kodek uchun video oqimlarni kadrlararo kodlash mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan kadrning butun maydoni bo‘ylab videobektlarning yuqori tezliklardagi chiziqli harakatini va fonni konturli kompensatsiyalash, kompensatsiyalangan kadrlar orasidagi farq va videoma’lumotlarni veyvlet o‘zgartirishlarda kodlash usullar va algoritmlari asosida:
Toshkent radioteleuzatish markazida televizion dasturlarni samarali siqish tizimi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2023 yil 28 fevraldagi 33-8/1346-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sport, ko‘ngilochar va turli ko‘rsatuvlarining visual sifatini oshirish, shuningdek, videoserverlardagi dasturlarni yozib olish vaqtini 1,2-1,5 marttaga oshirish imkonini bergan.
“SETKO” MChJda videokuzatuv tizimlarida videoma’lumotlarni yanada samaraliroq siqish tizimi foydalanishga tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2023 yil 28 fevraldagi 33-8/1346-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yo‘l harakati tasvirlari sifatini oshirish va videoserverlarda videoyozuvlar davomiyligini 1,3-1,5 barobarga oshirish imkonini bergan.