Mannanov Muzaffar Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Suvni chuchuklantirish tizimi haroratini nazorat qiluvchi mikroelektron qurilmani ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD /T1502.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ldashov Obbozjon Xokimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Anvar Tojibevich, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik - qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
maqsadi Ni yoki Cu kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy monokristalli harorat datchiklarini yaratish hamda n-Si<Ni>, n-Si<Cu> datchiklari asosida suvni chuchuklantirish tizimidagi haroratni avtomatik nazorat qiluvchi mikroelektron qurilmani ishlab chiqishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor 240 mkm qalinlikdagi n-Si<Ni> va n-Si<Cu> namunalar asosida 25÷70℃ harorat oralig‘ida sezgirligi mos ravishda βCu=8200K, βNi=8600K  bo‘lgan harorat datchiklari yaratilgan;
ilk bor Si asosidagi mavjud harorat datchiklarida qo‘shimcha qatlam sifatida metall (nikel) kompensatordan foydalanildi. Shunda mavjud harorat datchiklarini sezgirligi  8÷10 foizga  oshirishga erishilgan;
tajribalar natijasiga ko‘ra harorati T=100℃ bo‘lgan suv va havo muhitlarida,  datchiklarini sezgirligi, suvda gaz muhitiga nisbatan 17 foizga yuqori bo‘lishligi
n-Si<Ni> va n-Si<Cu> datchiklarda aniqlangan;
n-Si<Ni> va n-Si<Cu> datchiklari asosida suvni chuchuklantirish qurilmasi haroratini 45÷60℃ oraliqlarda avtomatik nazorat qiluvchi mikroelektron qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Suvni chuchuklantirish tizimi haroratini nazorat qiluvchi mikroelektron qurilma ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavjud harorat datchiklarga nisbatan sezgirlik koeffitsientini 8÷10  foizga oshirish  uchun  ularga  qo‘shimcha  qatlam  sifatida  metall  (nikel)  kompensatordan foydalanish natijasida 240 mkm qalinlikdagi Si<Ni> yoki Si<Cu> namunalar asosida sezgirligi mos ravishda βCu=8200K, βNi=8600K  bo‘lgan  harorat  datchiklari  yaratilganligi  «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida  ikki marta ionlashgan suv haroratini 70±0.5℃ da o‘lchash uchun qo‘llanilgan. ("O‘zeltexsanoat" aksiyadorlik jamoasining 2024 yil 25 martdagi № 345-sonli  ma’lumotnomasi). Olingan  natijalar  mavjud  harorat  datchiklariga  nisbatan ishlab chiqarish samaradorligini 3 foizga oshirish imkonini bergan.
Si<Ni> namunalari  asosidagi  datchiklari  yordamida  suvni  chuchuklantirish tizimlarida  haroratni  avtomatik  boshqarish  imkonini  bergan  va  uning samaradorligini 10 foizga  oshirgan  hamda “Er  osti  suvlarini  tuzsizlantirish qurilmasi” uchun  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi foydali modeliga patent olingan (№FAP 02349 23.10.2023y). Ilmiy natijalardan foydalanish er osti suvlarini tuzsizlantirish samaradorligini oshirgan hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish