Askarov Mardon Amatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ko‘p sonli < Si:PbX > nanogeteroo‘tishlarga ega quyosh elementining elektrofizik xususiyatlarini tadqiq qilish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM730
Ilmiy rahbari: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Salimjon Madraximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
ko‘p sonli < Si:PbX > nanogeteroo‘tishlarga ega quyosh elementining elektrofizik xususiyatlarini nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor amorf kremniyni faqat qo‘rg‘oshin xalkogenidi nanokristallari bilan birgalikda quyosh elementi materiallari sifatida ishlatish imkoniyati ko‘rsatilgan;
ilk bor kremniyning taqiqlangan zonasidagi chuqur lokallashgan nuqsonli energetik holatlardagi elektronlarning qo‘rg‘oshin xalkogenidi nanokristallarining diskret sathlariga o‘tishlari asosida < Si:PbX > nanogeteroo‘tishning shakllanish mexanizmi taklif qilingan;
kremniy va qo‘rg‘oshin xalkogenidlari orasidagi Fermi sathlari farqining
0,1 ÷ 0,2 eV oraliqdagi qiymatlarida < Si:PbX > nanogeteroo‘tishning kontakt maydoni kuchlanganligining 105 ÷ 106 V/m oraliqdagi qiymatlarini olish imkoniyati ko‘rsatilgan;
yakka nanogeteroo‘tishning (ularning sirtiy konsentratsiyasi 1010 ÷ 1012 sm-2 ga etadi) elektr maydon parametrlari unda 10 ÷ 50 pA o‘lchamda fototokni olish imkonini berishi aniqlangan;
ko‘p sonli < Si:PbX > nanogeteroo‘tishlarga ega quyosh elementi maksimal samaradorligini ta’minlovchi volt-amper xarakteristikasi parametrlarining optimal qiymatlari aniqlovchi ko‘p komponentli ekvivalent sxema modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p sonli nanogeteroo‘tishlarga ega quyosh elementida kontakt maydonining shakllanish jarayonlarini va uning samaradorligini oshirish mexanizmlarini tadqiq qilish natijalari asosida:
amorf kremniy sirtida o‘stirilgan va o‘zaro parallel ulangan bir xil qo‘rg‘oshin xalkogenidlari nanokristallari tizimining ko‘p komponentli ekvivalent sxemasi asosida fotovolt-amper xarakteristikalarini hisoblash modeli Toshkent davlat texnika universitetida AL-202102215 “Ferromagnit nanoklasterli Si bilan aylanma saraton hujayralarni tutib qoluvchi mikro suyuqlik kanalli integrallashgan tizim” xalqaro amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi № 04/17-955-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida diffuziya usuli bilan kiritilgan o‘tish metallar guruhi elementlari hosil qilgan nanoklasterlar kremniyning elektrofizik parametrlarining tashqi ta’sirlarga barqarorligini oshirgan;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan kremniyning taqiqlangan zonasidagi chuqur lokallashgan nuqsonli energetik holatlardagi elektronlarning qo‘rg‘oshin xalkogenidi nanokristallarining diskret sathlariga o‘tishlari asosida < Si:PbX > nanogeteroo‘tishning shakllanish mexanizmi va analitik yondashuv “FOTON” aksiyadorlik jamiyatida geteroo‘tishli quyosh elementlarida tatbiq qilingan (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024-yil 13-apreldagi № 04-3/496-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish geteroo‘tishlarning kontakt maydoni parametrlarini 15% ga oshirish imkonini bergan.