Jamilov Shuhrat Farmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Lokomotivlarning o‘zgarmas tok tortuv elektr dvigatellarini texnik holatini baholash va ishonchliligini oshirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4955
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Xamidov Otabek Rustamovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirmatov Nurali Berdiyorovich – texnika fanlari doktori, professor; Kurilkin Dmitriy Nikolaevich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida foydalanilayotgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellarining texnik holatini baholash orqali ularning ekspluatatsiyadagi samaradorligini va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lokomotiv tortuv elektr dvigatellari izolyasiya materiallarining degradatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda, ularning issiqlik ta’siriga bardoshliligini tahlil qilish imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
ilk bor yuqori aniqlikdagi harorat datchiklari yordamida o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellari chulg‘amlarining harorat ko‘rsatkichini aniqlash imkonini beruvchi diagnostika qurilmasi ishlab chiqilgan;
tortuv elektr dvigatellarini issiqlik balansi tenglamalari yordamida materialning qarshilik koeffisentini e’tiborga olgan holda yakor cho‘lg‘amlarida ortiqcha yuklanishni hisoblash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning turli ekspluatatsiya sharoitlari va rejimlarida o‘zgarmas tok tortuv elektr dvigatellariga issiqlik yuklamalarini hisobga olgan holda, ularning texnik holati va ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanishda bo‘lgan magistral va manyovr lokomotivlarning o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellarini texnik holatini aniqlash va ishonchliligi oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
magistral va manyovr lokomotivlarning o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellarini turli ekspluatatsiya sharoitlarida harorat ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasi takomillashtirilib “Tinchlik lokomotiv deposi”da ishlab chiqarishga joriy etilgan. (O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 2 dekabrdagi №4/E1617 ma’lumotnomasi). Hisob-kitob va eksperimental o‘lchovlar natijalari asosida tortuv elektr dvigatellarni xizmat qilish muddati uzaytirilgan.
magistral va manyovr lokomotivlarning o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellarni harorat ko‘rsatkichlarini aniqlash diagnostika qurilmasi “Tinchlik lokomotiv deposi” da ishlab chiqarishga joriy etilgan, (O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi №4/E1617 ma’lumotnomasi). Natijada, magistral lokomotivlarga o‘rnatilgan diagnostika qurilmasi orqali o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv elektr dvigatellaridagi harorat ko‘rsatkichlarini mashinist brigadalari ko‘rishi, nazorat qilishi va boshqarish imkoniyati yaratilgan.