Ishanxanova Muxlisabonu Turgunovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“XVIII asr arab tili grammatikasiga oid asarning xususiyatlari (Ibn Farhatning “Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib” asari misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4382
Ilmiy maslahatchi: Shomusarov Shorustam G‘iyosovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifaxon, filologiya fanlari doktori, professor; Tikaev Guseyn Gadjiibragimovich filologiya filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Farhatning “Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib” grammatik asarini tizimli tahlil qilish, uning arab tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlash, risolaning metodologik xususiyatlarini ochib berish va zamonaviy arab tilshunosligi uchun ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arab grammatikasiga oid muhim manba sanaluvchi “Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib” risolasining yaratilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabab va omillar aniqlangan;
Ibn Farhat o‘z risolasida arab tili grammatikasining bir-biriga zid bo‘lgan dalillarni keltirishdan voz kechib, arab grammatikasini sodda va ravon tilda bayon qilish orqali arab tili grammatikasini soddalashtirish borasidagi harakatning asoschisi sifatidagi o‘rni aniqlangan;
Ibn Farhatning arab tili grammatikasiga oid dastlabki asarlardagi morfologiya va sintaksis masalalari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlarni tizimlashtirish va ularni tushunarli va bir-biriga uzviy ravishda bog‘langan bir shaklda taqdim etishdagi xizmatlari ochib berilgan;
Ibn Farhatning ayrim lingvistik hodisalarni nomlovchi terminlarga, jumladan, to‘g‘ri va noto‘gri fe’llar, buyruq mayli, olmoshlarga aniqlik kiritish borasidagi yangicha yondashuvi aniqlangan, ona tilisi arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tilini o‘rganishda foydalangan usullari dalillangan;
“Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib” risolasining XIX asrda arab tili grammatik fikrining shakllanishiga hissa qo‘shgan keyingi grammatik asarlarning yozilishiga ko‘rsatgan ta’siri ochib berilgan va Ibn Farhatning arab tilini o‘qitish yangi maktabining asoschisi sifatidagi o‘rni aniqlangan.
Ibn Farhatning “Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib” risolasida arab tilida fe’l va ism tasnifi, ulardagi morfologik o‘zgarishlarga oid xususiyatlarini bayon qilishda yangicha yondashuvining ahamiyati “fe’lning turlari va fe’lga oid barcha ma’lumotlar” “ismning tasrifi” mavzulari o‘rganilishi orqali yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyadagi Ibn Farhatning arab tili grammatikasining oid asarlardan morfologiya va sintaksis masalalari bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlarni tizimlashtirganligi va ularni qulay shaklda taqdim etganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 29-apreldagi 14-07-717-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ular Qo‘mitaning anjumanlari, seminarlari, davra suhbatlari va madaniy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarini tashkil etishda xizmat qildilar.
Mazkur dissertatsiya ishidagi arab grammatikasiga oid muhim manba “Bahth al-maTālib” risolasining yaratilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabab va omillarga oid ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 16-maydagi № 11-05-2207/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ular grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishga va tadqiqotning uslubiy asoslarini boyitishga xizmat qildilar.
Shuningdek, dissertatsiyadagi Ibn Farhatning ona tilisi arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tilini o‘rganishda foydalangan usullari haqidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanali tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi 2024-yil 16-maydagi 02-05-653-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ular “Good morning, Uzbekistan!”, “Method” ko‘rsatuvlarni tashkil etishga xizmat qildilar.