Gasanbekov Vladimir Kreminal`dovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sport falsafasi genezisi, mohiyati va ahamiyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa va 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal1.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori professor Abilov Urol Murodovich
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport falsafasining rivojlanish xususiyatlari, taraqqiyoti, ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘arb va sharq sport falsafasining erkinlik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, vatanparvarlik, tinchliksevarlik kabi paradigmalari hamda jasorat, mardlik, halollik kabi axloqiy-aksiologik komponentlarining o‘zaro aloqadorligi tizimlilik asosida ochib berilgan;
“agonistika”, “tana va ruh dixatomiyasi”, “sport faolligi”, “jismoniy madaniyat”, “sport modellari konvergensiyasi” kabi tushunchalar ijtimoiy falsafiy jihatdan takomillashtirilgan;
jismoniy madaniyatning umummadaniy jarayondagi faollik, botiniy yaxlitlik va hissiy ko‘tarinkilik, sog‘lom turmush tarzi kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport falsafasining ochiq bahslashuv, ijodiy va jismoniy imkoniyatlar uyg‘unligi kabi tendensiyalari, individual hamjihatlik, valeologik savodxonlik, kabi mexanizmlarini tatbiq etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport falsafasi genezisi, mohiyati va ahamiyatining ijtimoiy-falsafiy tahlilining g‘arb va sharq sport falsafasi paradigmalari hamda axloqiy-aksiologik komponentlari o‘zaro aloqadorligiga oid xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» Demokratik partiyasi 2016 yilgi ishlar rejasining 6.8- «Kelajagi buyuk yurt farzandlari» nomli bandini ishlab chiqishda hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport falsafasidagi tendensiyalar, mexanizmlarni tatbiq etishga doir xulosalardan 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 6.17-«O‘zbek kurashi–jasorat va halollik timsolidir» nomli bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2018 yil 2 iyundagi 01-374-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarda milliy g‘urur, milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muayyan nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
“agonistika”, “tana va ruh dixatomiyasi”, “sport faolligi”, “jismoniy madaniyat”, “sport modellari konvergensiyasi”kabi tushunchalarning ijtimoiy falsafiy xususiyatlariga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasining 15-«Markaz huzuridagi tayanch doktorantura va doktorantura mustaqil izlanuvchilari institutining ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targibot, oila va yoshlar tarbiyasi masalalaridagi tadqiqotlarini yangi bosqichga olib chiqish, bunda sohaga doir tajribalardan keng foydalanish» bandini ishlab chiqishda hamda jismoniy madaniyatning umummadaniy jarayondagi o‘ziga xos xususiyatlariga oid takliflardan 10- «Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash”, 3-«Maktabdan tashkari ta’lim muassasalari, sport maktablari, axborot resurs markazlarida oromgohlarga jalb etilmagan bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish buyicha ish rejasini ishlab chiqish va ijroga yo‘naltirish» bandini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 31 maydagi 02-701-18-son ma’lumotnomasi). Bu ta’lim muassasalarida sportning sharq yakkakurash turlariga yoshlarni qiziqtirish, sportni jamiyatda ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini mazmunan boyitish, yoshlarda ruhiy, ma’naviy tarbiya ko‘nikmalarini kuchaytirishga xizmat qilgan.