Nurullaeva Kumushbibi Qudrat qizining falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Xitoy va o‘zbek tillari qarindoshlik terminlari tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.1829
Ilmiy maslahatchi: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar:Dadaboev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mustafaeva Samida Toshmuxammedovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitoy va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik terminlarini leksokografik manbalar asosida fenomenologik leksik birliklar sifatida chog‘ishtirish orqali ularning universal va individual, semantik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xitoy tili “Descriptive” tizimiga oidligi, o‘zbek tili esa “Omaha” tizimiga kirishi ikki tildagi qarindoshlik terminlarini miqdor jihatidan farq qilishining asosiy lingvislik sababi hamda xitoy va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik terminlarining semantik xususiyatlariga ko‘ra ikkala til ham patrilenial tillar qatoriga aloqador ekanligi isbotlangan;
qarindoshlik terminlari xitoy tilida avlodlar kesimida gorizontal va vertikal qatorlar asosida, o‘zbek tilida qon va nikoh semantik maydonlari asosida tasniflanishi natijasida xitoy tilida qarindoshlik terminlari tizimi shakllanishida sakkiz avlod ierarxik munosabatlar sistemasi, o‘zbek tilida esa etti avlod ierarxik munosabatlar sistemasi asos sifatida xizmat etishi fenomenologik lingvislik hodisa sifatida asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning frazemalari tarkibidagi qarindoshlik terminlarining lingvomadaniy xususiyatlari statistik tahlil asosida xitoy tilidagi ona tomonidan qarindoshlik terminlarida o‘zbek tilidagi shu tip qarindoshlik terminlariga nisbatan yot qarindosh tushunchasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy va o‘zbek qarindoshlik terminlarni chog‘ishtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi xitoyliklarning qarindoshlik terminlariga bo‘lgan yondashuvini to‘g‘ri tushuntirishda, frazemalarning o‘ziga xos xususiyatlari madaniyatlararo muloqot jarayonida foydalanilishi hamda zamonaviy xitoy millatining oila qadriyatlarini ifodalovchi frazemalarga zamonaviy yondashuvi, tarjima xususiyatlari TDShU huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida o‘quv faoliyati jarayoniga keng tatbiq qilinmoqda. Xususan, “Xitoy tili” fanidan davom ettiruvchi guruhlarda darslar jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2023-yil 21-sentyabrdagi 141/23-son ma’lumotnomasi). Natijada frazemalarning tarjima variantlarini aniq belgilashga, ularni to‘g‘ri qo‘llash, to‘g‘ri tarjima qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga erishilgan;
xitoy tili va o‘zbek tili qarindoshlik terminlari ishtirokidagi frazemalarini tarjima qilish, ularni tarjimada to‘g‘ri aks ettirish usullariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar, materiallardan 2023-yil 20-oktyabrbrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tkazilgan “InnoWeekUz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2024-yil 4-maydagi 01/2910-son ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilarning xitoy tilini o‘rganishda lingvokulturologik yondashuv usullari haqida nazariy bilimlari boyishiga xizmat qilgan;
xitoy tili va o‘zbek tili qarindoshlik terminlari ishtirokidagi frazeologik birliklarini tarjima qilish, ularni tarjimada to‘g‘ri aks ettirish usullariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar, materiallardan 2023-yilning 16-17-iyun kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan “Xorijiy tillar” marafonida xorijiy tillarni ommalashtirish, “Ibrat Farzandlari” loyihasining mobil ilovasi va “Ibrat viktorina” o‘yinlarida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligining xorazm viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining 2024-yil 5-avgustidagi 02-10/370-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba va tinglovchilarga ushbu tillardagi frazeologik birliklarni turli vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash, adekvat tarjimani ta’minlash, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklarini oson etkazishga erishilgan.