Tojiev Alimurod Aliakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida uslubiy izlanishlar”, 10.00.02.– O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil 2463
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islom Ahmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor, Sattorova Gulnoza Yunusovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotini o‘rganishda xalqaro, adabiy-tanqidiy va ijtimoiy-siyosiy bahslarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: hikoyaning kichik epik janr sifatida zamonaviy o‘zbek nasrida tutgan o‘rnini aniqlash, keyingi yillarda yaratilgan hikoyalardagi g‘oyaviy, uslub, shakl va mazmundagi yangilanishlar mohiyati ochib berilgan;
davr voqeliklarini yozuvchilar uslubiga ta’siri, hozirgi hikoyalarni mazmun va shakl jihatdan boyitgan omillar aniqlanib, hikoyalarda psixologik tasvir unsurlari, polifoniyalar genezisi aniqlangan;
bu davr hikoyachiligining jamiyat adabiy-estetik tafakkuriga qo’shgan hissasi va shakliy-uslubiy xususiyati, ifoda va kompozision rang-barangligi ochib berilgan;
Jahon adiblari ijodining o‘zbek yozuvchilari tafakkuriga ta’siri va ularni uslubda aks etishi masalalari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
jahon adabiyotidagi mavjud adabiy-nazariy qarashlar, dunyo ilm-fanidagi yangiliklar, texnik-texnologik yutuqlarini o‘z asarlarida aks ettirayotgan yozuvchilardan biri – Abduqayum Yo‘ldoshevning “Shayxur-rais”, “Qaydasan mo‘jiza” kabi to‘plamlaridan o‘rin olgan hikoyalardan olinadigan bolalar dunyoqarashining asosiy qirralari, uning tabiati, ruhiyatiga ta’sir etuvchi ma’naviy-axloqiy omillarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-sentyabrdagi № 04/1-2576-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, loyiha bolalar adabiyotining yetakchi xususiyatlari, g‘oyalari aks etgan asarlar, nazariy materiallar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
Bu davr hikoyachiligining shakliy-uslubiy xususiyati, stilistik-leksik jihatlari, yozuvchilarning individual uslubi, xususan, taniqli yozuvchilar Bahodir Qobul va Shuhrat Matkarim hikoyalaridagi sheva va didaktik birliklar tahliliga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi №04/1-3998-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, loyiha turkiy elatlarning ayrim urug‘lariga xos didaktik leksik birliklar, sheva so‘zlari va turli iboralar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratilgan;
Bugungi hikoyachilikdagi yetakchi tamoyillar, yozuvchilar tafakkuri tadrijining uning uslubida aks etish masalalari haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining turkiy xalqlar adabiyotiga bag‘ishlangan “Buyuk yurt allomalari” hamda o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan “Barhayot siymolar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 06-28/869-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi zamon nasri, xususan, o‘zbek modern hikoyachiligining yetakchi tamoyillari, XX asr turkiy adabiyotining o‘zbek adiblari ijodiga ta’siri masalalari haqida tushuncha va bilimlarning kengayshiga xizmat qilgan.