Solieva Nargisa Abdixamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarning lingvistik ekspertizasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4528.
Ilmiy rahbar: |Tojiboeva Mahbubaxon Rahimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, IK raqami PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich filologiya fanlari doktori, professor; Hakimova Muhayyo Karimovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvistik ekspertologiyada matn tushunchasi mohiyatini asoslash, ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy mavzuga aloqadorlik kasb etuvchi matnlar lingvistik ekspertizasining nazariy metodologik asoslarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
itimoiy tarmoqlardagi turli ekstremistik, terroristik mazmunga ega salbiy da’vat xarakteri mavjud matnlarni tahlil qilishda turli mikro-bloklar(kommentlar)ni ekspertiza qilish zarurati asoslangan. Mikro-bloklar ijtimoiy xavfli axborotni tarqatish vositasi bo‘la olishi misollar, tahlillar bilan asoslangan;
lingvistik ekspertiza doirasida sud lingvistik ekspertizasining metodologik asoslari ochib berilgan, lingvistik ekspertizada matn tushunchasining keng va tor ta’riflari umumlashtirilib, ijtimoiy xavfsizlikka daxl qiluvchi salbiylik semasiga ega siyosiy matnlarning lingvistik ekspertiza obekti bo‘la olishi asoslangan;
ijtimoiy xavfsizlikka daxl qiluvchi matnlarning ekstremistik, terroristik, milliy, irqiy separatizmni targ‘ib qilish, mamlakat konstitutsiyaviy xavfsizligiga tahdid qilishga aloqador ko‘rinishlari ajratilgan. Siyosiy matnlar qatorida salbiy mazmunga ega siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasini amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan;
ijtimoiy tarmoq matnlari lingvistik ekspertiza qilishda noverbal vositalarning pragmatik mazmunga egaligi aniqlangan. Noverbal vositalar lingvistik ekspertiza obekti bo‘la olishi misollar bilan dalillangan, hamda ijtimoiy tarmoqlardagi verbal va noverbal tarzda ifodalangan ziddiyatli matnlarni lingvistik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarning lingvistik ekspertizasi tadqiqi asosida erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan:
Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik mazmunga ega salbiy da’vat xarakteri mavjud ijtimoiy tarmoq xabarlarini ekspertiza qilishda turli mikro-bloklar(kommentlar)ni ekspertiza qilish zarurati asoslanganligi, mikro-bloklar ijtimoiy xavfli axborotni tarqatish vositasi bo‘la olishi misollar, tahlillar bilan dalillanganligiga oid tahlil va xulosa natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-noyabrdagi 04/1-2372-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida yaratilgan materiallar, ma’lumotlar boyitilgan;
lingvistik ekspertiza doirasida sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasining metodologik asoslari ochib berilganligi, lingvistik ekspertizada siyosiy matn tushunchasining keng va tor ta’riflari umumlashtirilganligi, ijtimoiy xavfsizlikka daxl qiluvchi salbiylik semasiga ega siyosiy matnlarning lingvistik ekspertiza obekti bo‘la olishi asoslanganligi yuzasidan amalga oshirilgan tahlil va xulosalar natijasidan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-noyabrdagi 04/1-2371-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan lingvistik birliklarning leksikografik talqini va tavsifining leksik-semantik, pragmatik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy xavfsizlikka daxl qiluvchi siyosiy matnlarning ekstremistik, terroristik, milliy, irqiy separatizmni targ‘ib qilishi, mamlakat konstitutsiyaviy xavfsizligiga tahdid qilishga aloqador ko‘rinishlari ajratilganligi, siyosiy matnlar qatorida salbiy mazmunga ega siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasini amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilganligiga oid tahlil va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi OAV, jumladan: O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Radio advokat”, “Huquqingizni bilasizmi?” (2023-yil mart va sentyabr oylari sonlari), O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” Teleradiokanali” DMning “Muhim mavzu”, “Radiomuloqot”, “Radiointervyu” kabi dasturlar ssenariysini tayyorlashda (2023-yil mart va oktyabr oylaridagi sonlarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokanali “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 16-noyabrdagi 03-09-640-son ma’lumotnomasi). Natijada OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilgan og‘zaki va yozma xabarlarning xavfli yoki xavfsizligi kategoriyasini belgilash, ta’sir koeffisienti va ko‘lamini baholash, xabarlarning keng xalq ommasiga ta’siri masalalarining yoritilishiga hissa qo‘shilgan;
ijtimoiy tarmoq matnlarini lingvistik ekspertiza qilishda noverbal vositalarning pragmatik mazmunga ega ekanligi, noverbal vositalar lingvistik ekspertiza obekti bo‘la olishi misollar bilan dalillanganligi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi verbal va noverbal tarzda ifodalangan ziddiyatli matnlarni lingvistik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslari yaratilganlishiga tegishli ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zR IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yozma nutqning identifikatsiyasi belgilari” mavzusi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etish uchun fond ma’ruzalari tayyorlashda hamda O‘zR IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan kompleks ekspertizalarni tayinlashda, tergov harakatlarini o‘tkazishda, yozma va og‘zaki matnlar ijrochilarini harakatlariga huquqiy baho berilishida va jinoyatlarni fosh etilishida foydalanib kelinmoqda (O‘zR IIV Akademiyasining 2023 yil 03 oktyabrdagi 38/10-186-sonli ma’lumotnomasi, O‘zR IIV huzuridagi Tergov departamentining 2024 yil 20 apreldagi 18/3431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan og‘zaki va yozma xabarlarni lingvistik ekspertiza qilishda noverbal vositalarning pragmatik mazmunga ega ekanligi, noverbal vositalar lingvistik ekspertiza obekti bo‘la olishi, ijtimoiy tarmoqlardagi verbal va noverbal tarzda ifodalangan ziddiyatli matnlarni lingvistik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslarini surishtiruv va tergon organlarining tayinlagan ekspertizalarida tekshiriluvchi matnlar ijrochilarini harakatlariga huquqiy baho berilishida va jinoyatlarni tezkor va samarali fosh etilishida salmoqli hissa qo‘shilgan.