Xusanov Eldorbek Davlatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillarda dialektal leksikaning funksional-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2699
Ilmiy rahbar: Madjidova Ra’no Urishevna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillar kesimida funksional-semantik xususiyatlari va dialektal leksikaning o‘ziga xos lingvokulturologik aspektlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilning dialektal leksikasi ilk bor turli tizimli tillarida qiyosiy aspektda o‘rganilgan;
turli tizimli tillardagi dialektizmlar dastlab shu tillarning bugungi madaniy qiyofasida va hududiy lahjalar kesimida tahlil qilingan;
dialektal atamalar tahlil qilingan hamda adabiy til me’yoriga moslashgan sheva so‘zlari funksional-semantik jihatdan dalillangan;
turli tizimli tilli xalqlarning lingvomadaniyatida va ularning bugungi rivojida dialektizmlar muhim ahamiyat kasb etishi izohlangan, shuningdek, dialektizmlarning adabiy til lugʻat boyligiga singib keta olmaslik sabablari o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda dialektizmlarning funksional-semantik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tilning dialektal leksikasi ilk bor turli tizimli tillarida qiyosiy aspektda o‘rganilganligi va turli tizimli tillardagi dialektizmlar dastlab shu tillarning bugungi madaniy qiyofasida va hududiy lahjalar kesimida tahlil qilinganligi haqidagi xulosalardan P3-2020042022 raqamli “Turkiy tillar lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/6-2805-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron resurslarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
dialektal atamalar tahlil qilinganligi hamda adabiy til me’yoriga moslashgan sheva so‘zlari funksional-semantik jihatdan dalillanganligi xususidagi natijalardan AL-482103231 raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/6-2804-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron resurslarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
turli tizimli tilli xalqlarning lingvomadaniyatida va ularning bugungi rivojida dialektizmlar muhim ahamiyat kasb etishi izohlangan, shuningdek, dialektizmlarning adabiy til lugʻat boyligiga singib keta olmaslik sabablari o‘rganilganligiga oid xulosalardan Fz-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar elektron lugʻati”ni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 26- dekabrdagi 24/716-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalari takomillashtirilgan.
Kengash raisi: M. Xakimov
Kengash kotibi: A. To‘raxo‘jaeva
Ilmiy rahbar: R. Madjidova
Talabgor: E. Xusanov