Safoeva Sadoqat Musoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolik munosabatlarni huquqiy tartibga solish”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Yu121.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidahrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Sindorov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor; Topildiev Voxidjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Yakubov Axtam Nusratillovich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik qonunchiligining ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga oid ta’sirini tizimli tahlil qilish va ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga egaligi asoslantirilgan;
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirokchilar tengligini ta’minlash, davlatning Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi asoslantirilgan;
mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shartligi asoslantirilgan;
zamonaviy voqelik, raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish, milliy qonunchilikni o‘zaro unifikatsiya qilish orqali tizimlashtirilgan Axborot kodeksini qabul qilinishi asoslantirilgan;
ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi aniqlanib, munosabatlarni huquqiy tartib solish hudud bilan belgilanishi, xususan reklamaning aylanish sohasidagi munosabatlarga ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlar haqida tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning va (yoki) sotuvchilarning saytlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylashtirilgan Internet jahon axborot tarmog‘idagi axborotga, agar ko‘rsatilgan ma’lumotlar saytga yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga kiruvchilarni realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ularning assortimenti, ulardan foydalanish qoidalari va boshqa xususiyatlar (xossalar) to‘g‘risida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa reklama qonunchiligi tatbiq etilmasligi asoslantirilgan;
Internet jahon axborot tarmog‘i vositasida tarqatiladigan reklama, reklamaga qo‘yiladigan asosiy talablarga, shu jumladan reklama beruvchi va reklama tarqatuvchi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan taqdirda reklamani tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talabga muvofiq bo‘lishi hamda qonunchilikda Internet jahon axborot tarmog‘ining “UZ” domen zonasidagi axborot resurslarida reklamaning aylanishiga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga egaligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–837-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 04/2-10-2469-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslarining yaratilishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirokchilar tengligini ta’minlash, davlatning Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–837-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 33-moddasining uchinchi qismida ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 04/2-10-2469-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishining konstitutsiyaviy asoslarini ishlab yaratilishiga xizmat qilgan;
mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shartligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–666-sonli Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni
271-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 04/2-10-2469-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘sh, tizimlashtirilish va saqlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
zamonaviy voqelik, raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish, milliy qonunchilikni o‘zaro unifikatsiya qilish orqali tizimlashtirilgan Axborot kodeksini qabul qilish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi yuzasidan Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024-yil 22-avgustdagi 05/3-5006-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishda muhim bo‘lgan Axborot kodeksi loyihasini tegishli normalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi aniqlanib, munosabatlarni huquqiy tartib solish hudud bilan belgilanishi, xususan reklamaning aylanish sohasidagi munosabatlarga ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlar haqida tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning va (yoki) sotuvchilarning saytlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylashtirilgan Internet jahon axborot tarmog‘idagi axborotga, agar ko‘rsatilgan ma’lumotlar saytga yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga kiruvchilarni realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ularning assortimenti, ulardan foydalanish qoidalari va boshqa xususiyatlar (xossalar) to‘g‘risida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa reklama qonunchiligi tatbiq etilmasligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risidagi” Qonunining
2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 1-avgustdagi
7-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni saytlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilish shartlarini belgilashga xizmat qilgan;
Internet jahon axborot tarmog‘i vositasida tarqatiladigan reklama, reklamaga qo‘yiladigan asosiy talablarga, shu jumladan reklama beruvchi va reklama tarqatuvchi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan taqdirda reklamani tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talabga muvofiq bo‘lishi hamda qonunchilikda Internet jahon axborot tarmog‘ining “UZ” domen zonasidagi axborot resurslarida reklamaning aylanishiga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkinligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risidagi” Qonunining 31-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 1-avgustdagi 7-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif Internet jahon axborot tarmog‘ining “UZ” domen zonasidagi axborot resurslarida reklama aylanishining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;