Babojanov Atabek Berdibay o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4931
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T.181.02
Rasmiy opponentlar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Primkulov Bekzod Sheralievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalkani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali sabzi ekishda qo‘l mehnati va sarf-xarajatlarni kamaytirish, ish unumi va sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka va uni urug‘ ajratkichining konstruksiyasi ishlab chiqilib, texnologik ish jarayoni asoslangan;
sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka bunkerining hajmi seyalkaning me’yoriy ishlash vaqtini ta’minlab beradigan bunkerning texnologik hajmini hisobga olgan holda, uning tubiga o‘rnatilgan konussimon yo‘naltirgich o‘lchamlari esa sabzi urug‘larining uyumlanib qolmasdan uzlyuksiz urug‘ ajratkich diskka tushib turish shartidan aniqlangan;
sabzi urug‘larini ko‘p qatorga ajratib beradigan diskdagi teshiklar diametri va uzunligi sabzi urug‘i o‘lchamlari asosida, teshiklarning qadami ekiladigan qatorlar sonini hisobga olgan holda, disklarning aylanishlar soni esa urug‘larni ekish me’yoridan kelib chiqib asoslangan;
sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka urug‘ ajratkichi parametrlari ularning dastlabki talablarda belgilangan ish sifat ko‘rsatkichlarni ta’minlash shartidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekish imkonini beradigan seyalkaga texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk davlat muassasasining foydali modelga patent olingan (“Sabzavot ekinlari urug‘larini ekish uchun qurilma” FAP №2546 – 2024 y). Natijada, sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xoʻjaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi №05/04-04-528-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan parametrlar bo‘yicha ishlab chiqilgan sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka qo‘llanganida mehnat sarfi 46 foizga va yonilg‘i moylash materiallari sarfi 34 foizga kamayishiga erishilgan;
sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalkani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyixa-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari “AGRIXIM” MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi №05/04-04-528-son ma’lumotnomasi). Natijada sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaning sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.