Eshquvvatov Shokir Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linterni energiya-resurstejamkorligini oshirish maqsadida arrali silindrni engillashtirilgan val bilan takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  №B2023.4.PhD/T4270
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ro‘zimurod Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor. Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Linterni samaradorligini oshirishda
energiya- resurstejamkor quvursimon valga ega bo‘lgan arrali silindrni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitni linterlashda ish unumdorligini, mahsulot sifatini oshirish va energiya-resurs sarfini kamaytiradigan quvursimon valil arrali silindr konstruksiyasi ega bo‘lgan linter ishlab chiqilgan;
arrali silindr tebranishini va egilishini kamaytirish uchun silindrda yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan quvursimon valning muqobil inersiya momenti va kritik tezliklari A. Krilov funksiyasidan foydalangan holda nazariy aniqlangan;
silindrdagi arralarni kolosniklarga tegib ishlashini keskin kamaytirish bilan elektr energiya va ehtiyot qismlar sarfini tejaydigan quvursimon valdagi quvur qalinligini, o‘ng va chap sapfalarni quvurga  kirish masofasini muqobil parametrlari valni tebranish amplitudasini bog‘liqligi asoslandi;
elektr energiya va ehtiyot qismlar sarfini tejaydigan quvursimon valdagi quvur qalinligini, o‘ng va chap sapfalarni quvurga kirish masofasini hamda val massasini muqobil parametrlarini silindrdagi arralarni kolosniklarga tegib ishlashini kamaytirishga bog‘liqligi regrission tenglamalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taklif etilgan quvursimon val bilan takomillashtirilgan 5LP rusumli linter parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Sirdaryo viloyati “Sardoba Universal Cluster” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining  2024 yil 4 oktyabrdagi  03/25-2640-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli chigitni linterlashda linterning ish unumdorligini chigit bo‘yicha o‘rtacha  
33 kg/h ga va 36 kg/h ga, momiq bo‘yicha 2,9 kg/h  va 2,8 kg/h ga oshirish, elektr energiya sarfini 4 A va 5A ga tejash,  momiq sifatini 0,58 (abs)% dan 0,91 (abs)% ga, chigit sifatini 0,21 (abs)%  dan 0,25 (abs)% ga oshirish imkoni yaratilgan. Bunda arralarni 72 soatgacha ishlatilishida arra tishlarining balandligi 0,23 mm ga va 0,27 mm ga saqlangan, kolosniklar yon tomoni emirilish chuqurligi 0,53 mm ga va 0,61 mm ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish