Nuritdinov Nuriddin Anvarxodjaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda chap qorinchaning diastolik disfunksiyasi (neyrogumoral aspektlari va korreksiyalash yo‘llari)», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib469.

Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.26.04.2018.Tib.64.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxamedova Gul`nora Xabibovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Belorussiya davlat tibbiyot universiteti (Belarus Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: SYuE bor bemorlarda chap qorincha diastolik funksiyasining kasallik kechishi hamda neyrogumoral omillar bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va mineralokortikoid reseptorlar antagonistlari bilan davolashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

SYuE xastalangan bemorlarda yurak diastolik disfunksiyasi turlari va uning og‘irlik darajasini kasallikni klinik kechishi va zo‘rayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;

neyrogumoral omillar - Al va NA oshish darajasining SYuEda ChQ diastolik disfunksiyasi turlariga va kasallik klinik kechishining og‘irlik darajasiga salbiy ta’siri asoslangan;

SYuE II-III FS bor bemorlarda spirinolakton va eplerenonning qo‘llanishini kasallik klinik kechishi, yurak diastolik funksiyasi, neyrogumoral omillar va hayot sifati ko‘rsatkichlariga qiyosiy samaradorligi asoslangan;

SYuEni davolashda bemorlarda klinik-funksional prognostik mezonlarni va neyrogumoral tizim holatini hisobga olgan holda mineralokortikoid reseptorlar antagonistlari qo‘llashga yondashuv takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

SYuE bor bemorlarda yurak chap qorinchasi diastolik disfunksiyasining erta aniqlash va kasallik kechishini prognozlashga yangicha yondashuvlar hamda davolash taktikasi tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«SYuE patogenezi va diagnostikasida neyrogumoral omillar» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 8 sentyabrdagi 8n-d/183-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SYuEda neyrogumoral omillarning aniqlash kasallik rivojlanishining oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;

SYuE bor bemorlarda kasallik rivojlanishi va kechishining erta prediktorlarini baholash va davolashga yondashuvni optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, 1-son Respublika klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 noyabrdigi 8n-z/191-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi SYuE rivojlanishi va noxush klinik kechishini erta aniqlashga, davolashni takomillashtirishga, kasallik kechishini, hayot sifati ko‘rsatkichi va prognozning yaxshilanishiga, SYuE bilan xastalangan bemorlar takror gospitalizatsiyasi sonini 1,2 martaga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish