Davranov Ismoil Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel sohasida og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda asoratlarni prognoz qilishdagi keng qamrovli modelda zamonaviy diagnostika usullarining roli», 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.19 – Tibbiy radiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4290.
Ilmiy rahbarlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xamidov Obid Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Toshmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bel og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarning patologik holatining klinik va nevrologik tashxisini aniqlashda nurli diagnostikaning prognostik ahamiyatini o‘rganish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel sohasidagi doimiy og‘riqning klinik va nevrologik ko‘rinishini solishtirganda, ko‘proq miqdordagi testlar va so‘rovnoma mezonlaridan foydalangan holda, turli xil kompression omillari uchun farqlarning yo‘qligi statistik jihatdan ishonchli aniqlangan;
patologik signallarning xususiyatlariga, orqa miya kanalidagi lokalizasiyaga, bel dumg‘aza umurtqa pog‘onasini multimodal ko‘rish natijalariga ko‘ra, uning torayishi varianti va darajasiga, bel og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda doimiy siqilish omillarini diagnostika qilish uchun neyrovizualizatsion mezonlari ishlab chiqilgan;
bel-dumg‘aza umurtqa pog‘onasi kasalliklarida og‘riq belgilari patogenezida P moddasining roli aniqlandi va bu ko‘rsatkichni bel qismidagi og‘riqni baholash uchun diagnostik mezon sifatida qo‘llash imkoniyati isbotlangan;
belning pastki qismida og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilar bilan oyoqlar tomirlarining va lyumbosakral mintaqaning tomirlarini ultratovush tekshiruvining qiyosiy tahlili ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bel sohasida og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda asoratlarni prognoz qilishdagi keng qamrovli modelda zamonaviy diagnostika usullarining roli bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/53-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: bel sohasidagi doimiy og‘riqning klinik va nevrologik ko‘rinishini solishtirganda, ko‘proq miqdordagi testlar va so‘rovnoma mezonlaridan foydalangan holda, turli xil kompression omillari uchun farqlarning yo‘qligi statistik jihatdan ishonchli ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Termiz xarbiy gospitalining "nevrologiya" va "radiologiya" bo‘limlarida (7.09.2024 yildagi 133 - sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari "AJ" temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar muassasasi Samarqand bekati Birlashgan kasalxonasi (9.09.2024 yildagi 46 sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi takomillashtirilgan diagnostika va davolash algoritmini qo‘llash erta asoratlarni aniqlash va oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bel og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarning zararlanishi oqibatlarini erta tashxislash 32% holatda kasallik asoratlarini oldini olishga imkoniyat beradi. Erta tashxislash va davolash bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 980000 so‘m bo‘lsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 nafar bemor uchun 3920000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: natijada, bemorlarning sog‘ayish ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, shuningdek, o‘z vaqtida davolash orqali nogironlik hollari kamayadi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy yukni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: patologik signallarning xususiyatlariga, orqa miya kanalidagi lokalizasiyaga, bel dumg‘aza umurtqa pog‘onasini multimodal ko‘rish natijalariga ko‘ra, uning torayishi varianti va darajasiga, bel og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda doimiy siqilish omillarini diagnostika qilish uchun neyrovizualizatsion mezonlari ishlab chiqilgan va tasvirlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Termiz xarbiy gospitalining "nevrologiya" va "radiologiya" bo‘limlarida (7.09.2024 yildagi 133 - sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari "AJ" temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar muassasasi Samarqand bekati Birlashgan kasalxonasi (9.09.2024 yildagi 46 sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bel og‘rig‘ida paydo bo‘ladigan mexanizmlarni baholash, kelgusida respublikamizda ushbu patologiyaning etio-patogenezini chuqur o‘rganishga zamin yaratadi. Birlamchi va surunkali og‘riqning klinik shakllarining shakllanishi va kechishida omil polimorfizmlarining rolini aniqlash ushbu patologiya patogenezining yangi qirralarini ochib beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxislash va davolash bitta bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 2730000 so‘m, budjetdan tashqari 1570000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bel sohasida og‘riqlar mavjudligi va og‘riq sindromining universal vositachisi SP o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatildi, bu erda 1-kichik guruhdagi bemorlarda o‘rtacha turdagi buzilish aniqlangan bo‘lib, 2-kichik guruhda bu ko‘rsatkichlar 2000 pg/ml dan ortiq ko‘paygan, bu neyrogen jarayonning qo‘shilishi va og‘riq sindromining yuqori darajasini tasdiqlaydi, 3-kichik guruhda R moddasining darajasi o‘rtacha diapazonda bo‘lgan, asosiy, nazorat va qiyosiy guruhlar ishonli bo‘lib chiqdi, r>0,001, sezgirlikdagi ishonchlilik darajasi 100% ga yaqin, o‘ziga xoslik mos ravishda 88,2%, xavf nisbati 8,3% ichida.
uchinchi ilmiy yangilik: bel-dumg‘aza umurtqa pog‘onasi kasalliklarida og‘riq belgilari patogenezida R moddasining roli aniqlandi va bu ko‘rsatkichni bel qismidagi og‘riqni baholash uchun diagnostik mezon sifatida qo‘llash imkoniyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Termiz xarbiy gospitalining "nevrologiya" va "radiologiya" bo‘limlarida (7.09.2024 yildagi 133 - sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari "AJ" temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar muassasasi Samarqand bekati Birlashgan kasalxonasi (9.09.2024 yildagi 46 sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bel og‘rig‘ida paydo bo‘ladigan mexanizmlarni baholash, kelgusida respublikamizda ushbu patologiyaning etio-patogenezini chuqur o‘rganishga zamin yaratadi. Birlamchi va surunkali og‘riqning klinik shakllarining shakllanishi va kechishida omil polimorfizmlarining rolini aniqlash ushbu patologiya patogenezining yangi qirralarini ochib beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1790000 so‘m bo‘lsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 nafar bemor uchun 5764830 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: bel-dumg‘aza umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik patologiyasi ko‘p faktorli xarakterga ega, surunkali holatga o‘tish bilan davom etadigan jarayon umurtqalararo disklarning churralari (chiqishi), sariq boylamlarning gipertrofiyasi, shish va epidural asosning patologik jarayoni tufayli yuzaga keladi. orqa miya kanalining torayishi, epidural tomirlarda qon oqimining buzilishi, spondilolistez va standart MRT/MSKT ko‘rish rejimida aniqlangan barcha omillarning kombinatsiyasi bilan, ammo qo‘shimcha funksional yukni qo‘llash, dastlabki ko‘rinishda. Og‘irliklarni ko‘tarishning egilishi, vizualizatsiya tasvirlarining ishonchlilik darajasini oshiradi, MRT va MSKT diagnostikasi o‘rtasidagi afzalliklarning farqi kasallik jarayonining differensiatsiyasiga bog‘liq bo‘lib, bel sohasida og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda degeneratsiyaning asosiy belgilari orasida har biri uchun o‘ziga xos xususiyatlarga ega tasvirlash diagnostikasi usullari, aniqlanishning sezgirligi va aniqligi o‘zgarib turadi: MRT 95%, MSKT 91%.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: belning pastki qismida og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilar bilan oyoqlar tomirlarining va lyumbosakral mintaqaning tomirlarini ultratovush tekshiruvining qiyosiy tahlili solishtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Termiz xarbiy gospitalining "nevrologiya" va "radiologiya" bo‘limlarida (7.09.2024 yildagi 133 - sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari "AJ" temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar muassasasi Samarqand bekati Birlashgan kasalxonasi (9.09.2024 yildagi 46 sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: belning pastki qismida og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilar bilan oyoqlar tomirlarining va lyumbosakral mintaqaning tomirlarini ultratovush tekshiruvi aniqligi oshirildi, davolash sifati yahshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tashxislash aniqligi oshishi, davolash samaradorligi yaxshilanishi, iqtisodiy xarajatlar kamayishi, bemorlar hayot sifati yaxshilanishi, bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi yillik iqtisodiy ko‘rsatgich 7184200 so‘mdan tashkil qiladi. Xulosa: tadqiqot bemorni to‘g‘ri o‘rnatishdan va ishlatiladigan T2 rejimini kuchaytirishda bel sohasidagi og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda vizualizatsiyaning aloqasi va informativligini ko‘rsatdi, 7-8 bo‘lak chastotasi bilan 3-4 mm, bu tavsiya etilgan tekshirish algoritmida tasvirning aniqligi uchun etarli deb hisoblanadi, bu baholash MRTning ahamiyatiga ko‘ra "keng qamrovli prognozlash modeli" darajasiga asoslanadi, ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgandan keyin esa ahamiyatga ega bo‘ladi; MSKT, ultratovush tekshiruvi, T2 ko‘rishdan foydalanish prognostik jihatdan qimmatli bo‘lib, diagnostika usulini 15% ga oshiradi.