Kamalova Malika Ilxomovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tning klinik va morfologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.02 –Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib832.
Ilmiy maslahatchilar: Xaydarov Nodirjon Kodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Jarkinbekova Nazira Asanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Xamidulla Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshidagi ayollarda ishemik insul`tning bosh miya tomirlari, klinik-morfologik xususiyatlarini kompleks o‘rganish va sun’iy intellekt asosida xavf omillarini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fertil yoshdagi ayollarda insul`t kechishida qo‘shimcha kasalliklarni kompleks baholashda Charlson komorbidlik indeksini qo‘llash orqali turli xil qo‘shimcha kasalliklarning insul`t rivojlanishidagi o‘rni va ularning o‘zaro bog‘liqligi mexanizmi isbotlangan;
SS-QoL shkalasini o‘zbek tiliga moslashtirish va validatsiya qilish orqali fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tning turli xil ko‘rinishlarida hayot sifatini baholash, xavf omillarini aniqlash va klinik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishda shkalaning ahamiyati isbotlangan;
bosh miya, ekstrakranial va intratserebral arteriyalaridagi aterosklerotik o‘zgarishlarni kompleks baholash orqali obstruktiv aterotromboz va serebrovaskulyar etishmovchilikning muhim roli aniqlangan;
fertil yoshdagi ishemik insul`t o‘tkazgan ayollarda bosh miya tomirlarining funksional holatidagi morfologik o‘zgarishlarga asoslangan diagnostik mezonlarni ishlab chiqilgan;
ilk bor ma’lumotlarni tizimlashtirishda va insul`t asoratlarini oldini olishda Claude-3.5-Sonnet (Anthropic, 2024) til modeli asosidagi sun’iy intellekt yordamchi vosita sifatida qo‘llanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fertil yoshidagi ayollarda ishemik insul`tning bosh miya tomirlari, klinik-morfologik xususiyatlarini kompleks o‘rganish va sun’iy intellekt asosida xavf omillarini bashoratlash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i asosida 2024 yil 10 dekabrdagi 10 – sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: Fertil yoshdagi ayollarda insul`t kechishida qo‘shimcha kasalliklarni kompleks baholashda Charlson komorbidlik indeksini qo‘llash orqali turli xil qo‘shimcha kasalliklarning insul`t rivojlanishidagi o‘rni va ularning o‘zaro bog‘liqligi mexanizmi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining "nevrologiya" bo‘limida (26.11.2024 yildagi 160 - sonli buyruq) va Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy – amaliy markazi Samarqand filiali (27.11.2024 yildagi 246-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi takomillashtirilgan Charlson indeksini qo‘llash algoritmi qo‘shimcha kasalliklarni erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Natijada, bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi, shuningdek, o‘z vaqtida davolash orqali insul`tdan keyingi uzoq muddatli nogironlik hollari kamayadi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy yukni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Fertil yoshdagi ayollarda insul`tda qo‘shimcha kasalliklarni erta tashxislash 28% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Qo‘shimcha kasalliklarni erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1150000 so‘m bo‘lsa, 92 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 8 nafar bemordan 5 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1150000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 3450000 so‘mni tashkil qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SS-QoL shkalasini o‘zbek tiliga moslashtirish va validatsiya qilish orqali fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tning turli xil ko‘rinishlarida hayot sifatini baholash, xavf omillarini aniqlash va klinik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishda shkalaning ahamiyati isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tda SS-QoL shkalasi yordamida xavf omillarini erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining "nevrologiya" bo‘limida (26.11.2024 yildagi 160 - sonli buyruq) va Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy – amaliy markazi Samarqand filiali (27.11.2024 yildagi 246-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tda SS-QoL shkalasi yordamida xavf omillarini erta tashxislash 33% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Ijtimoiy samaradorligi: fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tda SS-QoL shkalasi yordamida xavf omillarini erta tashxislash 33% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SS-QoL shkalasi yordamida erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1050000 so‘m bo‘lsa, 90 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 8 nafar bemordan 5 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1050000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 3150000 so‘mni tashkil qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya, ekstrakranial va intratserebral arteriyalaridagi aterosklerotik o‘zgarishlarni kompleks baholash orqali obstruktiv aterotromboz va serebrovaskulyar etishmovchilikning muhim roli aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: fertil yoshdagi ayollarda insul`t rivojlanishining asosiy sabablari o‘rganilib, bosh miya, ekstrakranial va intratserebral arteriyalarda qon aylanishi buzilishlarini kompleks baholash orqali turli xil qo‘shimcha kasalliklar va serebrovaskulyar etishmovchilikning muhim rol o‘ynaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining "nevrologiya" bo‘limida (26.11.2024 yildagi 160 - sonli buyruq) va Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy – amaliy markazi Samarqand filiali (27.11.2024 yildagi 246-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fertil yoshdagi ayollarda insul`t rivojlanishida xavf omillarini erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; Ijtimoiy samaradorligi: davolash chora-tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish chastotasini 30% ga kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshdagi ayollarda insul`t rivojlanishida xavf omillarini erta tashxislash 32% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Xavf omillarini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1100000 so‘m bo‘lsa, 88 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 8 nafar bemordan 5 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1100000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 3300000 so‘mni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ishemik insul`t o‘tkazgan ayollarda bosh miya tomirlarining funksional holatidagi morfologik o‘zgarishlarga asoslangan diagnostik mezonlarni ishlab chiqilgan: fertil yoshdagi ishemik insul`t o‘tkazgan ayollarda bosh miya tomirlarining funksional holatidagi morfologik o‘zgarishlarga asoslangan diagnostik mezonlarni kompleks baholash orqali kasallikning rivojlanish mexanizmlari va klinik kechish xususiyatlari o‘rganilib chiqildi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining "nevrologiya" bo‘limida (26.11.2024 yildagi 160 - sonli buyruq) va Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy – amaliy markazi Samarqand filiali (27.11.2024 yildagi 246-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tni morfologik o‘zgarishlarga asoslanib erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; Ijtimoiy samaradorligi: davolash chora-tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish chastotasini 28% ga kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshdagi ayollarda ishemik insul`tni morfologik mezonlar asosida erta tashxislash 30% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Morfologik diagnostik mezonlarga asoslanib erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1080000 so‘m bo‘lsa, 85 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 8 nafar bemordan 5 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1080000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 3240000 so‘mni tashkil qiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor ma’lumotlarni tizimlashtirishda va insul`t asoratlarini oldini olishda Claude-3.5-Sonnet (Anthropic, 2024) til modeli asosidagi sun’iy intellekt yordamchi vosita sifatida qo‘llanishi asoslangan: fertil yoshdagi ayollarda insul`t kechishida ma’lumotlarni tizimlashtirish va asoratlarni oldini olishda ilk bor Claude-3.5-Sonnet (Anthropic, 2024) sun’iy intellekt til modeli yordamchi vosita sifatida qo‘llanilib, kasallikning klinik kechishi va natijalarini prognozlash samaradorligi oshirilgan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining "nevrologiya" bo‘limida (26.11.2024 yildagi 160 - sonli buyruq) va Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy – amaliy markazi Samarqand filiali (27.11.2024 yildagi 246-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; Ijtimoiy samaradorligi: davolash chora-tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish chastotasini 32% ga kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: sun’iy intellekt til modeli yordamida kasallikni erta tashxislash va prognozlash 35% holatda kasallik avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. Sun’iy intellekt yordamida kasallikni monitoring qilish va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 1200000 so‘m bo‘lsa, 90 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 9 nafar bemordan 5 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1200000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 nafar bemor uchun 4800000 so‘mni tashkil qiladi.