Hikmatova Madina Furqatovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyrak etishmovchiligida timus va taloqning morfometrik ko‘rsatkichlari va anor danagi moyi bilan korreksiyalash usullari” 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3486.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Muxayyoxon To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibin Sino nomidagi Todjikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: buyrak etishmovchiligida timus va taloqning morfometrik ko‘rsatkichlarini anor danagi moyi bilan davolash samarasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribaviy buyrak etishmovchiligida timus va taloqda morfometrik o‘zgarishlarning patogentetik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
buyrak etishmovchiligining tuzalish bosqichida anor danagi moyi yordamida korreksiyalaganda timusning yangi morfometrik xususiyatlari aniqlangan;
buyrak etishmovchiligining tuzalish bosqichida anor danagi moyi yordamida korreksiyalanganda taloqning yangi morfometrik va morfologik xususiyatlari aniqlangan;
buyrak etishmovchiligida va anor danagi moyi bilan davolaganda timus va taloqdagi morfometrik o‘zgarishlar dinamikasi algoritmini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Buyrak etishmovchiligida va anor danagi moyi bilan davolaganda timus va taloqdagi morfometrik o‘zgarishlar dinamikasi algoritmi» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish hamda “Granat v medisine” nomli monografiyasi (Ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi 24-m /090-son xulosasi) chop etildi.
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir buyrak etishmovchiligi guruhida timus po‘stloq qismining maydoni nazorat guruhiga nisbatan sezilarli oshgan. Bu hujayralarda giperplaziya jarayonlarini ko‘rsatadi, bunda yallig‘lanish yoki patologik o‘zgarishlar tufayli hujayralar soni va hajmi oshdi. O‘tkir buyrak etishmovchiligi guruhida timus mag‘z qismining maydoni nazorat guruhiga nisbatan 48% oshgan. Bu ortiqcha yallig‘lanish yoki shu to‘qimalarda patologik o‘zgarishlar rivojlanishini ko‘rsatdi. O‘tkir buyrak etishmovchiligi guruhida timus kortikal qism maydonining sezilarli darajada oshishi, bu hujayralar gipertrofiyasi va to‘qimalardagi patologik jarayonlarning kuchayganligidan dalolat beradi. O‘tkir buyrak etishmovchiligi jarayonida hujayralarning gipertrofiyasi va giperplaziyasi kuzatilgan. O‘tkir buyrak etishmovchiligi guruhida taloq kapsula, trabekula, va qizil pul`pa ko‘rsatkichlari tajriba guruhida pasaygan, bu to‘qima strukturasining patologik ta’sirlarga nisbatan sezgirligini ko‘rsatadi. Taloq Marginal zona ko‘rsatkichining oshishi metabolik jarayonlar faolligining kuchayganligini bildiradi. Tajriba guruhida taloq qalinligining sezilarli darajada kamayishi immunologik funksiyalar pasayganligi yoki patologik jarayonlar natijasida hujayralar o‘limi kuzatilganligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buyrak etishmovchiligi davomida immun tizimi a’zolaridagi (timus va taloq) o‘zgarishlarning ilk belgilari aniqlanishi kasallikni erta bosqichda tashxislashga yordam beradi. Timus va taloqdagi morfometrik o‘zgarishlar immun tizimi faoliyatining buzilishini aks ettiradi. Bu ma’lumotlarga asoslangan holda, immunitetni tiklashga yo‘naltirilgan profilaktika va davolash usullarini ishlab chiqish mumkin. Bunday yondashuv aholi o‘rtasida buyrak etishmovchiligi bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishga hissa qo‘shadi. Bu aholi orasida yuqori uchraydigan patologiyalarni tezroq aniqlash va bemorlarga o‘z vaqtida yordam berish imkoniyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buyrak etishmovchiligi bilan bog‘liq immun tizimi a’zolaridagi o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash orqali qimmatbaho davolash jarayonlariga ehtiyoj kamayadi. Tadqiqot natijalari asosida kasallikni oldini olish dasturlari ishlab chiqilishi yuqori qiymatli murakkab davolash jarayonlarini minimallashtiradi. Immun tizimiga ta’sir etuvchi yangi, arzon va samarali dori vositalari ishlab chiqilishi iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Mahalliy ishlab chiqarish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: timus bo‘lakchalarining morfometriya xususiyatlari barcha parametrlar bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan yuqori, ammo tajriba guruhidan past ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Anor moyi giperplaziya darajasini pasaytirib, to‘qimalardagi normal holatni tiklashga yordam bergan. Bu natijalar anor moyining yallig‘lanishni kamaytirishdagi yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buyrak etishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar jihatidan jamoat salomatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu yangilik, og‘ir tibbiy shartlarda yashovchi aholi uchun muhimdir. Ushbu tadqiqotning natijalari kasalliklarning oldini olishga, davolashga va qayta tiklashga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Davolanish jarayonlarida kimyoviy dori-darmonlarni kam ishlatish, tabiiy vositalarga e’tibor berish ijtimoiy sog‘liqni yaxshilaydi va kasalliklarning tarqalishini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu tadqiqotning natijalari buyrak etishmovchiligi kabi og‘ir kasalliklarning erta aniqlanishi va davolash imkoniyatlarini yaratadi. Erta davolash davomida aniqlangan morfometrik o‘zgarishlar kasallikning uzoq davomidagi asoratlarini oldini olishga yordam beradi. Bu yordam esa bir necha yillar davomida davolashga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishga imkon beradi. Davolashning samarali yo‘llari aholi uchun tibbiy xizmatlar xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: taloqni anor danagi moyi bilan davolash nazorat va tajriba guruhlariga nisbatan sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan: to‘qimalar yallig‘lanishini kamaytirib, immun tizimi faoliyatini yaxshiladi. Qizil pul`pa hajmini va trabekulalar yupqalashini kamaytirdi. Limfoid strukturalar va regenerativ jarayonlarni kuchaytirdi. Bu natijalar anor danagi moyining yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va immunomodulyator ta’sirini tasdiqlaydi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tabiiy vositalardan foydalanishning yangi usullarini ishlab chiqish mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Anor danagi moyi kabi tabiiy vositalardan foydalanish, ularning ishlab chiqarilishini va ommalashtirilishini rag‘batlantiradi. Bu mahalliy ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini oshiradi, davlat uchun yangi iqtisodiy manbaalar yaratadi. Shu bilan birga, mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiradi va mamlakatning tashqi savdosi uchun yangi yo‘nalishlar ochadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi anor danagi moyi kabi tabiiy vositalarni davolashda ishlatish kimyoviy dorilarni ishlatishga qaraganda arzonroq va samarali al`ternativa bo‘lishi mumkin. Bu, tibbiy ta’minot xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Tabiiy vositalardan foydalanish hamda ularning samaradorligini isbotlash farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga bo‘lgan talabni kamaytirishga yordam beradi, bu esa farmatsevtika sektorida sarflanadigan mablag‘larni kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: algoritmning asosiy maqsadi — buyrak etishmovchiligining turli bosqichlarida timus va taloqning morfometrik ko‘rsatkichlarini dinamik tarzda aniqlash. Buning natijasida, tabobatning samaradorligini baholash va kasallikning yoki davolash jarayonining samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Algoritmning ishlab chiqilishi, asosan, to‘g‘ri diagnostika qilish va davolash jarayonlarini yaxshilash uchun muhimdir. Ushbu algoritm orqali tashkil qilingan tadqiqotlar taloq va timusning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlashda, ularni davolashda samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu algoritmning ishlab chiqilishi tibbiy diagnostika va davolash jarayonlarini optimizatsiyalashga yordam beradi. Timus va taloqdagi morfometrik o‘zgarishlar dinamikasini aniqlash orqali, bemorlarga to‘g‘ri davolash usullarini ko‘rsatish va ularga samarali tibbiy yordam berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki ko‘proq bemorlar davolashning samaradorligidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi, bu algoritm davolashning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Erta aniqlash va to‘g‘ri davolash orqali, bemorlarning uzoq muddat davolanishga ehtiyojlari kamayadi. Buning natijasida davlat tibbiy resurslaridan samarali foydalanish imkonini oladi va tibbiy xizmatlarga sarflanadigan mablag‘larning kamayishiga olib keladi.