Murodov Alijon Salimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarda laparoskopik oshqozon bo‘ylama rezeksiyasini tanlashning klinik-metabolik asoslari» 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib813.
Ilmiy rahbar: Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjiev Daniyor Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori. professor; Ospanov Oral Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: "Rossiya Federatsiyasi Davlat ilmiy markazi - A.I.Burnazyan nomidagi Federal tibbiyot biofizika markazi" Federal tibbiyot-biologik agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarda laparoskopik oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotini takomillashtirish orqali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga va hamrox kasalliklarga bog‘liq holda patogenetik davolash asoslangan;
morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlik amaliyotidan so‘ngi erta hamda uzoq davrlarda rivojlanadigan asoratlarni samarali kamaytiradigan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasida takomillashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan laparoskopik oshkozon buylama rezeksiyasini samaradorligini oshirish maqsadida matematik modellash orqali jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va amaliyot vaqtida oshqozon antral qismi rezeksiyasi hajmini aniqlash uchun dastur ishlab chiqilgan;
morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlikdan erta darda yuzaga keladigan qon ketish asoratini oldini olish maqsadida laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi operatsiyasida stepler chizig‘i ishlovi usuli takomillashtirilgan;
morbid semizlik mavjud bemorlarda takomillashtirilgan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotining hamrox kasalliklarga korreksiyalovchi ta’siri mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2024 yil 13 noyabrdagi 08/40 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga va hamrox kasalliklarga bog‘liq holda patogenetik davolash asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga hamda hamrox kasalliklarga bog‘liq holda o‘rganish natijasida morbid semizlik tufayli operativ davoni tavsiya etish bemorlarda semizlikka kechishini yaxshilab, semizlikka bog‘liq hamrox kasalliklar va metabolik buzilishlar amaliyotdan keyin sezilarli ijobiy o‘zgarib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi hamda shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (30.08.2024-y; №86A- son), Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (21.09.2024-y; №202-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga hamda hamrox kasalliklarga bog‘liq holda o‘rganish natijasida morbid semizlik tufayli operativ davoni tavsiya etish bemorlarda semizlikka bog‘liq hamrox kasalliklar va metabolik buzilishlarni jarroxlik amaliyotdan keyin jiddiy asoratlar rivojlanishini oldini olish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga hamda hamrox kasalliklarga bog‘liq holda o‘rganish natijasida morbid semizlik tufayli jarroxlik amaliyotidan so‘ng semizlikka bog‘liq hamrox kasalliklar va klinik-metabolik buzilishlar samarali korreksiyalash imkonini yaratgan bo‘lib, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarini  950000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: morbid semizlik mavjud bemorlarda klinik-metabolik o‘zgarishlarini semizlikning darajasiga hamda hamrox kasalliklarga bog‘liq holda o‘rganish natijasida morbid semizlik tufayli operativ davoni tavsiya etish bemorlarda semizlikka kechishini yaxshilab, semizlikka bog‘liq hamrox kasalliklar va metabolik buzilishlarga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, semizlikka bog‘liq jiddiy asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlik amaliyotidan so‘ngi erta hamda uzoq davrlarda rivojlanadigan asoratlarni samarali kamaytiradigan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasida takomillashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlik amaliyotidan so‘ngi erta hamda uzoq davrlarda rivojlanadigan asoratlarni samarali kamaytiradigan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasida takomillashtirilgan uslubi ishlab chiqilganligi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (30.08.2024-y; №86A-son), Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (21.09.2024-y; №202-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Morbid semizlik mavjud bemorlarda ana’naviy oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotidan keyin erta davrda stepler chizig‘i etishmovchiligi va gastroezofageal reflyuks kasalligi rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida biz taklif etgan ilmiy ishlanmalar asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotidan keyin erta davrda stepler chizig‘i etishmovchiligi va gastroezofageal reflyuks kasalligi rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorda jarroxlik amaliyot jarayonini qisqartirib, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini kamaytiradi. Shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni  540000 so‘mga tejash imkonini bergan. Xulosa: morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlik amaliyotidan so‘ngi erta hamda uzoq davrlarda rivojlanadigan asoratlarni samarali kamaytiradigan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasida takomillashtirilgan uslubining amaliyotga joriy qilinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni  540000 so‘mga tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: takomillashtirilgan laparoskopik oshkozon buylama rezeksiyasini samaradorligini oshirish maqsadida matematik modellash orqali jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va amaliyot vaqtida oshqozon antral qismi rezeksiyasi hajmini aniqlash uchun dastur ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: takomilashtirilgan laparoskopik oshkozon buylama rezeksiyasini samaradorligini oshirish maqsadida matematik modellash orqali jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va amaliyot vaqtida oshqozon antral qismi rezeksiyasi hajmini aniqlash uchun dastur ishlab chiqilganligi rivojlanishi mumkin  bo‘lgan asoratlarni oldini olish hamda davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (30.08.2024-y; №86A-son), Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (21.09.2024-y; №202-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takomilashtirilgan laparoskopik oshkozon buylama rezeksiyasini samaradorligini oshirish maqsadida matematik modellash orqali jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va amaliyot vaqtida oshqozon antral qismi rezeksiyasi hajmini aniqlash uchun dasturni amaliyotda qo‘llanilishi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan davolanish samaradorligini ta’minlashga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va antral qism rezeksiyasi ko‘lamini aniqlashdagi harakatlar jarroxlik amaliyotidan keyin erta va kechki davrda jarroxlikka bog‘liq asoratlar rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan, bu o‘z navbatida ushbu asorat rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorda jarroxlik amaliyotga aniq ko‘rsatma qo‘yilib, kompleks terapiyadan foydalanish jarroxlik amaliyoti bilan bog‘liq asoratlarni davolash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruriyatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 1950000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Semizlik mavjud bemorlarga jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatma qo‘yish va antral qism rezeksiya ko‘lamini optimal tanlash, ushbu bemorlarni jarroxlik davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, jiddiy jarroxlik asoratlar, takroriy amaliyotlar va jarroxlikka bog‘liq o‘limni kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlikdan erta darda yuzaga keladigan qon ketish asoratini oldini olish maqsadida laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi operatsiyasida stepler chizig‘i ishlovi usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: morbid semizlik mavjud bemorlarda jarroxlikdan erta darda yuzaga keladigan qon ketish asoratini oldini olish maqsadida laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi operatsiyasida stepler chizig‘i ishlovi usuli takomillashtirilgan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (30.08.2024-y; № 86A-son), Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (21.09.2024-y; №202-son) bilan amaliyotga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Morbid semizlik mavjud bemorlarda ana’naviy oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotidan keyin erta davrda stepler chizig‘i qon ketish rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida biz taklif etgan ilmiy ishlanmalar asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotidan keyin erta davrda stepler chizig‘i qon ketish rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan, bu o‘z navbatida ushbu asorat rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorda jarroxlik amaliyot jarayonini stepler chizig‘i bo‘ylab gemostatik kukunni qo‘llash orqali qisqartirib, qon ketganda qo‘llaniladigan kompleks dori vositalari sarfini qiqartirish strategiyasini ishlab chiqish natijasida kompleks terapiyadan foydalanish jarroxlik amaliyoti bilan bog‘liq asoratlarni davolash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar zaruriyatini kamaytirish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Morbid semizlik mavjud bemorlarda ana’naviy oshqozon bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotidan keyin erta davrda stepler chizig‘i qon ketish rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishini aniqlanganligi, uning oldini olish  imkoniyatidan foydalanish imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: morbid semizlik mavjud bemorlarda takomillashtirilgan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotining hamrox kasalliklarga korreksiyalovchi ta’siri mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: morbid semizlik mavjud bemorlarda takomillashtirilgan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotining hamrox kasalliklarga korreksiyalovchi ta’siri mavjudligi asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (30.08.2024-y; № 86A-son), Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (21.09.2024-y; №202-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlik mavjud bemorlarda hamrox kasalliklar bir yoki bir nechta turli darajada rivojlangan asoratlar bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida biz taklif etgan ilmiy ishlanmalar natijasida morbid semizlik klinik kechishi yaxshilanib, jiddiy asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlik mavjud bemorlarda takomillashtirilgan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasi amaliyotining hamrox kasalliklarga korreksiyalovchi ta’siri mavjudligi, o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 540000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: morbid semizlik mavjud bemorlarda takomillashtirilgan laparoskopik oshqozonning bo‘ylama rezeksiyasini shifoxona amaliyotiga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1950000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 540000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish